Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi. U yana 300 dollar talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirilgan.
Toshkentning Mirobod tumanida mast haydovchi boshqarayotgan avtomobil beton to‘siqqa borib urildi. Yo‘lovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Ilon Maskning boyligi 2020 yil boshidan 57,2 mlrd dollarga o‘sib, umumiy 84,8 mlrdni tashkil etdi. Asosiy sabablardan biri yil boshidan Tesla kompaniyasining aksiyalari 339 foizga o‘sganligi bo‘ldi.
Nukusda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Ataulla Xudaybergenov hayotdan ko‘z yumdi.
Qashqadaryoda rag‘bat pulini ololmayotgan tez yordam haydovchilari va hamshiralar viloyat hokimligi binosi oldida to‘plandi. Viloyat hokimligi murojaatchilarning aksariyati dispecherlar ekani va ularning rag‘batlantiriluvchilar ro‘yxatida yo‘qligini ma’lum qildi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 17 avgustni shahar kuni deb e’lon qilish va har yili ushbu bayramni keng nishonlash taklifini ilgari surdi.
Ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilib, Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilganidan keyin bolalar bog‘chalari va maktablar faoliyatini boshlashga ruxsat beriladi.
Prezident tashabbusi bilan «oltin daftar» ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Uning tarkibiga o‘zbekistonlik potensial sarmoyadorlar va nufuzli universitetlarning professor-o‘qituvchilari kiritiladi.
Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Cobalt haydovchisi olti kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ular orasida 2 oylik chaqaloq ham bor. Yana olti kishi, jumladan, o‘zi va 1 yashar go‘dak jarohatlandi.
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.
Vafot etgan fuqaroning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSH dollari talab qilib olgan sud-tibbiy eksperti ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Namangan viloyati Uychi tumani hokimining o‘rinbosari Muxtorjon Bobojonovga karantin paytida bayramda ishtirok etganligi uchun hayfsan berildi va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan rasmiy tekshiruv boshlandi.
Prezident tomonidan imzolangan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi» qonunning yangi tahririga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot oshkor etilmaydi. Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi ham belgilandi.
O‘zbekistonda 173 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Toshkent shahrida 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlarning 593 nafari og‘ir ahvolda, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Asosan don, dukkakli ekinlar, meva va sabzavotlar kabi mahsulotlarga asoslangan diyetaga o‘tish nafaqat inson salomatligiga, balki atrof-muhitga ham foyda keltiradi. Ammo hozirgi kunga qadar, ovqatlanish bo‘yicha milliy ko‘rsatmalarning aksariyati ushbu yondashuvga amal qilmaydi, deb hisoblaydi YUNEP.
Yanvar-iyul oylarida aholi tomonidan banklarga 2,5 mlrd dollar sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga ko‘p. Sotib olingan valyutalar hajmi esa 2 mlrd dollarga teng.
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida ko‘pchilik dorixonalarda COVID-19 bilan davolanish uchun zarur bo‘lgan vositalarning tanqisligi va narxlarning oshirilishi kuzatilmoqda. Bu borada 3000 dan ortiq dorixona xodimlari rasmiy ogohlantirilgan. Dorixonalarda hattoki dori vositalarini tovar chekisiz sotish holatlari ham kuzatilgan.
O‘zbekistonda kun davomida 598 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 36 mingtaga yaqinlashdi. Kasalxonalarda 4,1 ming bemor qoldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Buxoro viloyati hokimiyati hudud rahbari Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi. Hokim poytaxtdagi Akfa Medline klinikasida davolanmoqda.
Prezident mehnat migrantlariga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun 10 million so‘mgacha past stavkada kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiallari xorijiy ish beruvchilar bilan bevosita shartnoma tuzish, migratsiya xizmatlari bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting