Milliarder Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1004 ta ehtiyojmand oilaga 2,51 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ajratdi. Bu pullar har bir oilaga qariyb 2,5 million so‘mdan taqsimlab berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya davrida Ramazon hayiti namozini o‘qish bo‘yicha fatvo berdi. Unga ko‘ra, jamoat bo‘lib o‘qish imkoniyati mavjud emasligi ushbu ibodatni mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda yangi qurilgan Digital City texnoparki bilan tanishdi. Davlat rahbari bunday texnoparklarni mamlakatning boshqa hududlarida ham ochish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Beeline Uzbekistan mobil operatorining 749 ming abonentiga 100 mln so‘m yutib olgani aytilgan yolg‘on xabar tarqatildi. Buning ortidan 1 mlrd so‘m daromad olgan MCHJ rahbariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Turkiya hukumati O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini insonparvarlik yordami sifatida jo‘natdi.
“Har bir oila — tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga qo‘shimcha 100 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu pullar tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3006 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (5), xorijdan kelganlar (6), Navoiyda (15), Samarqandda (13). Respublikada infeksiyadan 586 kishi davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.
O‘zbekistonda aniqlangan COVID-19 holatlari 3 taga oshib, jami 2967 taga yetdi. 20 ta holat aholi orasidan qayd etildi — koronavirusga chalingan 3 kishi 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga infeksiya yuqtirgan.
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi. Prezident ushbu bayramni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 258 fuqaroni afv etdi. Afv etilganlarning 164 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida barpo etilgan yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari Andijon aholisining zichligini hisobga olib, bu hududda hamyonbop ko‘p-qavatli uylar qurilishi kambag‘allikdan chiqishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 14 taga ko‘payib, 2964 taga yetdi.
Turkmanistonda 61 nafar O‘zbekiston fuqarosi amnistiyaga tushdi. Ular vatanga qaytarilganidan keyin Toshkent viloyatida ikki haftalik karantinga olindi.
Toshkentda davolanayotgan 35 bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2407 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar orasida 2 nafar Tojikiston fuqarosi ham bor.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bemorlar va tibbiyot xodimlarida COVID-19 aniqlangani sababli karantinga olindi.
Buxoro viloyatida yil davomida 12 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan haydovchi o‘n uchinchisida halok bo‘ldi. O‘zidan tashqari 19 yoshli qizning ham o‘limiga, yana besh kishining og‘ir jarohatlanishiga sababchi bo‘ldi.
Xitoy shimoli-sharqida 34 ta yangi koronavirus holati aniqlangani tufayli bu hududda qat’iy karantin choralari qaytadan tiklandi va 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi.
O‘zbekistonda saylov qonunchiligiga jiddiy o‘zgarishlar kiritilishi kutilmoqda. Jumladan, saylovlarni o‘tkazish sanasi dekabr oyidan martga ko‘chirilishi rejalashtirilmoqda. Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotini moliyalashtirishda xususiy mablag‘larni jalb qilishga ham ruxsat berilishi mumkin. Bundan tashqari, bir nomzod faqat bitta vakillik organiga deputat etib saylanishiga ruxsat beriladi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha Andijon tajribasini yaratish hamda TDAU Andijon viloyati filiali negizida alohida OTM tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Milliarder Alisher Usmonov Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 1000 ta ehtiyojmand oilaga 2,5 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ajratdi. Bu pullar har bir oilaga 2,5 million so‘mdan taqsimlab berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting