Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hukumat boshqaruviga qaytdi.
Chexiya kompaniyasi o‘zbek ta’sischisi bilan birgalikda Toshkentdagi Poytaxt savdo markazi qarshisida joylashgan avtoturargoh o‘rniga 9 qavatli tijorat ob’ektini qurishni rejalashtirmoqda. Uchta yer osti qavatining avtoturargohga ajratilishi, qolgan qavatlarda savdo ob’ektlari va idoralar bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunga har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan “inklyuziv ta’lim” tushunchasi ham kiritildi.
O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 2825 taga yetdi.
Dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘cha va yopiq binolarga sepish koronavirusga qarshi kurashda samarasiz, deb hisoblamoqda JSST. Aksincha, bunday amaliyot ko‘z, nafas olish organlari va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Dang‘ara tumanida to‘satdan chapga qayrilgan Captiva velosipedchining o‘limiga sabab bo‘ldi.
XVJ koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini yumshatish uchun O‘zbekistonga 375 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratilishini ma’qulladi.
Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2802 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 475 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 515 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra kichik biznes mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tushiriladi va boshqalar.
Bosh prokuratura Samarqand viloyatida 34 kishiga koronavirus yuqishiga sabab bo‘lgan shifokorga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qilib, barcha holatlar to‘liq tekshirilmasdan, shoshma-shosharlik bilan barvaqt jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tan oldi.
O‘zbekiston TIV davlat tilini tartibga solish davlatning mutlaq ichki siyosatiga daxldor bo‘lib, har qanday aralashuv aslo maqbul emasligini ma’lum qildi. Avvalroq Rossiya TIV vakili O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha munosabat bildirgan edi.
Respublika maxsus komissiyasi yo‘lovchilar uchun koronavirus testi natijalari «salbiy» ekani haqidagi ma’lumotnoma talabini bekor qildi. Bunda karantin sharoitida aholining iqtisodiy holati hisobga olindi. Qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida ushbu qaror qabul qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki koronavirus tarqalishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy uskunalar va vositalarni sotib olish uchun O‘zbekistonga 1,36 million dollar miqdorida grant ajratdi.
Yaqin ikki yil ichida Xitoy koronavirusdan qattiq zarar ko‘rgan davlatlarga, birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga, yordam sifatida 2 mlrd dollar ajratishini ma’lum qildi. Shuningdek, Xitoy “Katta yigirmatalik” (G-20) tomonidan qashshoq davlatlarning qarzlarini to‘lashga moratoriy joriy etish g‘oyasini ilgari surishini aytdi.
Oqqo‘rg‘on tumanida “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining 153,2 mln so‘mlik xayriya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘tgan yilning yozida Toshkentning Yunusobod tumanida mashinasida 3 o‘smirni urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan ayol ustidan sud jarayoni yakunlandi. Haydovchi Larisa Tolmacheva aybdor deb topilib, to‘rt yilga qamaldi.
O‘zbekistonda havo va temir yo‘l aloqalari qisman ochildi. Yo‘lovchilar koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari kerak. Qayerda test topshirish mumkin va narxi qancha? Sanitariya-epidemiologiya agentligi ma’lumotlari.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 13 kishiga yetdi.
O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi. Afg‘oniston siyosiy yetakchilarining kelishuvi muzokaralarga va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi, deyiladi vazirlik bayonotida.
Dushanba va seshanba kunlari momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soniyasiga 28 metrgacha kuchayishi mumkin. Hafta o‘rtasidan esa quyoshli havo kuzatiladi va harorat +32…+35 darajagacha ko‘tariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting