Bekobodda o‘zini bloger deb tanishtirgan shaxs bozordagi kamchiliklarni yoritmaslik uchun nazoratchidan 1000 dollar talab qildi. U aytilgan pulning 700 dollarini olayotganda ushlandi.
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida uyga qaytishni xohlagan yuzlab O‘zbekiston fuqarolari yig‘ildi. Ular vatanga qaytish uchun Qozog‘iston orqali yo‘lak tashkil etilishini talab qilmoqda. Vaziyat Respublika komissiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Toshkent shahrida 33 nafar koronavirus bemori tuzaldi, Farg‘ona viloyatida so‘nggi koronavirus bemori sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 2110 kishiga yetdi.
Oybek Tursunov Uzcard ustav fondidagi 75 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oldinroq bu ulush kompaniya direktori Axror Maxmudovga tegishli edi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida qator lavozimlar tugatildi va yangi lavozimlar kiritildi.
Farg‘onada Effect.uz sayti operatori hujumga uchragan. Ma’lumotga ko‘ra, operatorning ko‘zlariga gaz sepilib, mashinasining oynalarini sindirilgan, operatorning videokamerasi olib qochilgan. Operatorga hujum qilganlar o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlarni voqea joyida unutib qoldirishgani aytilmoqda. Bosh prokuratura tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.
Atadjan Xamrayev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Jo‘qorg‘i kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatilgan. Natijada tumandagi bir nechta aholi xonadonlarida suv to‘plangan, tan jarohati olganlar yo‘q.
13 may kuni Surxondaryo viloyati Boysun va Oltinsoy tumanlarida kuchli yomg‘ir sababli sel kuzatilgan. “Oltinsoy” soyining suv hajmi sezilarli darajada oshganligi sababli, ushbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz hududga vaqtincha ko‘chirilgan. Sel oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
«Doimiy propiska» tushunchasi o‘rniga «doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchasi kiritildi. Er-xotinning nikohdan keyin 1 yil davomida birgalikda yashash sharti va 1 yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilishi haqidagi qoidalar bekor qilindi. Shu va boshqa yangi tartiblar prezident tomonidan imzolangan propiska to‘g‘risidagi yangi qonunda.
Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8 nafarga ortib, 2620 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda davolanayotgan 533 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvol.
UzAuto Trailer kompaniyasi 30 foizdan 60 foizgacha birlamchi badal bilan muddatli to‘lovga «KAMAZ» texnikalarining butun assortimentini taklif qilmoqda.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2612 (+16) taga, sog‘ayganlar esa 2076 nafarga yetdi. Koronavirus aniqlangan hududlar, koronavirus statistikasi, kunlik holat.
Samarqandning turar joy fondi va infratuzilmalari cheklangani sababli shaharni uchta chegaradosh tuman hisobiga kengaytirish rejalashtirilmoqda. Prezident ishtirokidagi majlisda Samarqand va Qashqadaryo misolida korxonalarni qayta tiklash muhokama qilindi.
Kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasining tushirilishi, yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilish, bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berish, nafaqa oluvchilar sonini ko‘paytirish, Toshkent shahrida aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta’mirlash uchun kredit berish tajribasini joriy etish va boshqa choralar. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.
Aholi murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalarning, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilishi belgilandi.
Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon -tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Vafot etganlar soni 11 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda Toshkent bilan Nukus, Urganch va Termiz o‘rtasidagi aviaqatnovlar, shuningdek, ayrim viloyatlarda poyezdlar harakatini qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi. Shaharlarda shaxsiy avtomobilda harakatlanish cheklovlarini olib tashlash masalasi o‘rganilmoqda.
Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun dori vositalari, jumladan avvalroq mamlakat hukumati so‘ragan gidroksixloroxin hapdorilarini taqdim etdi.
O‘zbekistonda yana 28 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 2596 taga yetdi. Infeksiya aniqlanganlarning barchasi xorijdan kelgan yoki karantinga olingan fuqarolardir.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting