18 maydan boshlab “sariq” toifadagi hududlarda soat 06:00 dan 22:00 ga qadar shaxsiy avtotransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish mumkin bo‘ladi. “Qizil” toifadagi hududlarda faqat belgilangan vaqtda shaxsiy avtomobillarda harakatlanish mumkin. Bundan tashqari, shaharlar orasida ba’zi aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari tiklanishiga ruxsat berildi.
O‘zbekistonda karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirildi, biroq bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda.
2030-yilgacha barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Namanganda uning kuchi 5 balni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududlarni koronavirus tarqalishidan kelib chiqqan holda uchta karantin darajasi bo‘yicha ajratib to‘g‘ri qildi, deb hisoblamoqda germaniyalik tibbiyot mutaxassislari.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani «Ulug‘bek» mahallasi (Ulug‘bek shaharchasi) hududida karantin choralari kuchaytirildi. Kirish va chiqish to‘liq yopildi, aholiga faqat zarurat tug‘ilgandagina ko‘chaga chiqish tavsiya etilmoqda.
Jahon banki koronavirusga qarshi kurash doirasidagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga 370 mln dollar ajratdi. Shundan O‘zbekistonga davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 mln, sog‘liqni saqlash milliy tizimini yaxshilash va kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 95 mln, hamda tezkor tibbiy yordam tizimini isloh qilishga 17 mln dollar taqdim etilgan.
«Navoiy» EIZ hududida Xitoyning Oshan avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Eron-O‘zbekiston qo‘shma korxonasining yillik quvvati 30 ming donani tashkil etadi.
Alisher Usmonov jamg‘armasi ajratgan mablag‘lar suv toshqinidan jabrlangan Sirdaryo viloyati aholisiga tarqatiladi. Hukumat tomonidan ham moliyaviy yordam ko‘rsatilishi kutilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 16 nafarga ortib, jami 2636 kishini tashkil etmoqda. Davolanayotgan bemorlardan 11 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.
Gulnora Karimovaning jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 10 mln dollarlik aktivlari Fransiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Mulklarni qaytarish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda.
Bekobodda o‘zini bloger deb tanishtirgan shaxs bozordagi kamchiliklarni yoritmaslik uchun nazoratchidan 1000 dollar talab qildi. U aytilgan pulning 700 dollarini olayotganda ushlandi.
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida uyga qaytishni xohlagan yuzlab O‘zbekiston fuqarolari yig‘ildi. Ular vatanga qaytish uchun Qozog‘iston orqali yo‘lak tashkil etilishini talab qilmoqda. Vaziyat Respublika komissiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Toshkent shahrida 33 nafar koronavirus bemori tuzaldi, Farg‘ona viloyatida so‘nggi koronavirus bemori sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 2110 kishiga yetdi.
Oybek Tursunov Uzcard ustav fondidagi 75 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oldinroq bu ulush kompaniya direktori Axror Maxmudovga tegishli edi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida qator lavozimlar tugatildi va yangi lavozimlar kiritildi.
Farg‘onada Effect.uz sayti operatori hujumga uchragan. Ma’lumotga ko‘ra, operatorning ko‘zlariga gaz sepilib, mashinasining oynalarini sindirilgan, operatorning videokamerasi olib qochilgan. Operatorga hujum qilganlar o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlarni voqea joyida unutib qoldirishgani aytilmoqda. Bosh prokuratura tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.
Atadjan Xamrayev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Jo‘qorg‘i kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatilgan. Natijada tumandagi bir nechta aholi xonadonlarida suv to‘plangan, tan jarohati olganlar yo‘q.
13 may kuni Surxondaryo viloyati Boysun va Oltinsoy tumanlarida kuchli yomg‘ir sababli sel kuzatilgan. “Oltinsoy” soyining suv hajmi sezilarli darajada oshganligi sababli, ushbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz hududga vaqtincha ko‘chirilgan. Sel oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting