Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 61 yoshli haydovchi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.
O‘zbekiston fuqarosi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Ukraina, Rossiya va Belarusda xizmat qildi. U “Artemovskni ozod qilganlik uchun” medalini oldi va Yevgeniy Prigojinning “adolat marshi”da qatnashdi. Toshkent sudi uning ozodligini 4 yilga chekladi.
Surxondaryodagi “M-25” gaz koni qudug‘idagi avariya oldidan xizmatlardan ko‘rsatmalar bo‘lgan va burg‘ilash eritmasida gaz topilgan, deb xabar berdi vaziyatdan xabardor bo‘lgan “Gazeta.uz” manbasi. Neft-gaz sohasidagi yana bir manbaning aytishicha, hodisada faqat ishchilarni aybdor qilish kerak emas.
O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi. U tumanlardagi rahbarlar faoliyatiga baho beradi va har oy prezidentga axborot kiritadi. Komissiyaning viloyat va tuman bo‘limlariga hokimlar boshchilik qiladi.
Endi kambag‘al oilalarda kamida 1 nafar oliy ma’lumotli kishi bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun, xususan, OTMlarga kirishda grant ballining 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan balandlar esa foizsiz ta’lim krediti oladi.
Yil boshidan beri Toshkent shahri masjidlaridagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan 8 nafar imom-xatib va 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etildi. Yana 4 nafar imom va noibga hayfsan qo‘llandi.
Kambag‘al oilalarning ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma kam, bola parvarishi tufayli esa ayollarning 43 foizi ishga bora olmaydi. Prezident kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmasligini aytdi va muammo sababi har xil ekan, yechimlari ham alohida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Energovazirlik tadbirkorlar quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani, bu ishni qilmaganlar esa elektrdan uzish bilan qo‘rqitilayotgani haqidagi xabarlarga javoban “quyosh paneli o‘rnatishga majburlash yo‘q”ligini aytdi. O‘zLiDeP esa holatlar tasdiqlansa, vazirlik va idoralarga deputatlik so‘rovlari yubormoqchi.
2003-yilda yopilgan Shahrisabz mahalliy aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi. Toshkentdan L410 rusumli samolyotdagi ilk parvoz 1 soat 30 daqiqada yetib bordi. Aerodrom hozirda to‘rt turdagi samolyot va barcha turdagi vertolyotlarni sig‘dira oladi.
Rahbarlar kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘ladi, dedi prezident. Endi viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktirilishi ma’lum qilindi.
Prezident O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi va bu borada “juda katta” “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotganini aytdi. Jamshid Qo‘chqorovning tizimi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqishga mas’ul etib belgilandi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Toyvo Klaar o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Uni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qutladi. So‘nggi yetti yilda u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.
FVV vakili Samandar Hikmatullayev Boysundagi vodorod sulfid chiqqan “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konini jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshirilishini bildirdi. U gazdan ommaviy zaharlanish holatlari yo‘qligi, ammo odamlar orasida yengil zaharlanish holatlari uchrayotganini tan oldi.
Bosh prokuratura yanvar-iyul oylarida 764 723 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganini ma’lum qildi. Shuningdek, ish haqi va nafaqa pullari bo‘yicha 4,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sadir Japarov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi. Avvalroq u “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlangandi.
Sentabr oyida “Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Raj Kapur yubileyiga bag‘ishlangan tadbir, Alen Delon filmlarining retrospektivi hamda xorijiy rejissyor va aktyorlarning mahorat darslari o‘rin olgan.
Amerikalik 20 nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun keldi. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda.
Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmadagi nosozlik sabab ekani ma’lum qilindi.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp debatda Kamala Harrisni Baydenning iqtisodiy dasturini ko‘chirganlikda aybladi, shuningdek, uni “marksist” deya atadi. Harris esa Tramp haqida “sharmanda” so‘zini qo‘llab, dunyo yetakchilari uning ustidan kulayotganini aytdi. Nomzodlar Ukrainadagi urushga ham to‘xtaldi.
Toshkent shahrida Spark haydovchisi 363 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va uning jarima summasi 240 mln so‘mdan oshib ketgan. MIB avtomobilni sotishga urinish chog‘ida xatlovga oldi. U qarz qoplanishi uchun auksion savdolariga chiqariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting