Farg‘onada yangi tug‘ilgan chaqaloq xaltaga solinib, yerga tashlab qo‘yilgani aniqlandi
4 aprel 2024, 23:19

Farg‘onada yangi tug‘ilgan chaqaloq xaltaga solinib, yerga tashlab qo‘yilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyati Quva tumani tibbiyot birlashmasida bir kunlik chaqaloq polisintetik xaltada yerga tashlab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. SSVning qayd etishicha, chaqaloq muddatidan avval tug‘ilgani sabab vafot etgan. Uning onasi dispanser nazoratida turmagan va homilani yashirib yurgan. Holat nazoratga olindi.

Toshkentdagi Abdulqosim Eshon madrasasiga hojatxona qurib olingani aniqlandi
4 aprel 2024, 22:46

Toshkentdagi Abdulqosim Eshon madrasasiga hojatxona qurib olingani aniqlandi

Chilonzor tumanidagi Abdulqosim Eshon madrasasi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilishi oqibatida yodgorlikka 65,6 mln so‘m zarar yetkazilgan. Bu kabi holatlar Namangan va Andijon viloyatlarida ham sodir bo‘lgan. Bosh prokuratura ushbu faktlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
4 aprel 2024, 22:00

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati va Ozarbayjon iyul oyida Qozog‘iston hududida keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Uzbekistan Airways Rossiyaga ketayotgan fuqarolardan o‘zlari bilan isiriq olmaslikni so‘radi
4 aprel 2024, 21:45

Uzbekistan Airways Rossiyaga ketayotgan fuqarolardan o‘zlari bilan isiriq olmaslikni so‘radi

Uzbekistan Airways Rossiyaga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilarga mamlakatda isiriq giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilganini eslatdi. Aviakompaniya fuqarolardan o‘zlari bilan bu o‘simlikni olmaslikni so‘radi.

NASA Oy uchun yagona vaqt standartini ishlab chiqadi
4 aprel 2024, 21:17

NASA Oy uchun yagona vaqt standartini ishlab chiqadi

Oq uy AQShning NASA kosmik agentligiga Oy va boshqa samoviy jismlar uchun yagona vaqt standarti ishlab chiqishni topshirdi. Bu Oy atrofidagi kosmik kemalar va sun’iy yo‘ldoshlar uchun vaqt etaloni bo‘lib xizmat qiladi.

Bolalar shoiri va yozuvchisi Raim Farhodiy vafot etdi
4 aprel 2024, 20:19

Bolalar shoiri va yozuvchisi Raim Farhodiy vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bolalar shoiri Raim Farhodiy 82 yoshida vafot etdi. U bolalar uchun 50 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblar yozgan. Vafotigacha Yozuvchilar uyushmasi Rusiyzabon adabiyot kengashi raisi, “Buloqcha” jurnali bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.

Buxoroda sog‘lom bo‘lsa-da, ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi
4 aprel 2024, 20:04

Buxoroda sog‘lom bo‘lsa-da, ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyati murojaat yo‘llab, muassasada faol davolanishga muhtoj bo‘lmagan qiz borligi, ammo onasi uni olib ketmayotganini bildirdi. Oilaning ijtimoiy vaziyati o‘rganilib, onasi bilan uchrashildi va qiz yashash manziliga qaytarildi.

Tayvan zilzilalarga qanday qilib yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan?
4 aprel 2024, 19:39

Tayvan zilzilalarga qanday qilib yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan?

3-aprel kuni Tayvanda so‘nggi 25 yilda eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Orolning zilzilalarga moyilligi bor, ammo ularning 23 mln nafar aholiga ta’sirini zilzilalarga ko‘rilgan tayyorgarlik sabab kamaytirish imkoni topilgan. Tayvan buni qanday uddaladi — Reuters, AP va National Post hikoyalari.

Qozog‘iston prezidenti 5-aprel kuni O‘zbekistonga keladi
4 aprel 2024, 19:11

Qozog‘iston prezidenti 5-aprel kuni O‘zbekistonga keladi

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.

Poytaxtda “Toshkent bahori” opera va balet festivali o‘tkaziladi
4 aprel 2024, 18:29

Poytaxtda “Toshkent bahori” opera va balet festivali o‘tkaziladi

7−28-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatrida “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik san’atkorlar, Italiya, Germaniya, Qozog‘iston va Rossiyadan taklif etilgan solistlar ishtirok etadi.

“budjet taqchilligiga nisbatan ham fiskal qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi” — Timur Ishmetov
4 aprel 2024, 18:25

“budjet taqchilligiga nisbatan ham fiskal qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi” — Timur Ishmetov

Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov budjet taqchilligi bo‘yicha maqsadlarga erishish uchun fiskal qoidalarni kengaytirish va takomillashtirish, shuningdek, yangi qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini aytdi. “Bu yilgi asosiy masala — makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash”, — dedi u.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga yuqoriladi
4 aprel 2024, 16:12

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga yuqoriladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 64-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa 8-o‘rinni qayd etdi. Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda.

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar tarmoqlardagi ekstremistik kontentlardan ogohlantirildi
4 aprel 2024, 15:54

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar tarmoqlardagi ekstremistik kontentlardan ogohlantirildi

Mart oyida Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib, qo‘lga olingandi. Biroq ayblov tasdiqlanmagach, u qo‘yib yuborildi. Turkiyadagi bosh konsulxona ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik kanallarga kirmaslik, mutaassiblik ruhidagi nashida va ma’ruzalarni saqlamaslikni tavsiya qildi.

Toshkentning Gulbozor mahallasida turizm ko‘chasi ochildi
4 aprel 2024, 15:49

Toshkentning Gulbozor mahallasida turizm ko‘chasi ochildi

Prezident poytaxtning qadimiy qismida joylashgan, sayyohlik ko‘chasi barpo etilgan Gulbozor mahallasida bo‘ldi. Hudud kechayu kunduz faoliyat yuritishi va Shayxontohur tumanida tashkil etilayotgan “turizm halqasi”ning bir qismi bo‘lishi mumkin.

Yunusoboddagi 14 ta davlat tashkiloti o‘rnida amalga oshiriladigan loyihalar uchun yirik developerlar taklif etiladi
4 aprel 2024, 15:39

Yunusoboddagi 14 ta davlat tashkiloti o‘rnida amalga oshiriladigan loyihalar uchun yirik developerlar taklif etiladi

Yunusobod tumanida 14 ta davlat tashkiloti 24,5 gektarni egallab turibdi. Bosh vazir va Toshkent hokimiga yirik developerlar uchun ularning o‘rnida savdo obyektlari qurish taklifini berish topshirildi. Shuningdek, Yevro-5 standartidagi mashinalar xarid qilishning yangi mexanizmlari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida tayinlovlar amalga oshirildi
4 aprel 2024, 15:30

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida tayinlovlar amalga oshirildi

Abdurauf Abduqayumov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Odiljon Toxirov esa o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Azamat Abduraxmanov agentlikning texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshliq bo‘ldi.

“Hokim topshiriq berdi”. Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari ishi tekshirilmoqda
4 aprel 2024, 15:21

“Hokim topshiriq berdi”. Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari ishi tekshirilmoqda

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov qator rahbarlarga Open Budget uchun ovoz yig‘ishda sustkashlik qilganini aytib, ularni “noinsof” deb atadi. “Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang, hammangni yo‘qotaman”, deya ta’kidlagan Istamovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

“O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino quriladi — prezident
4 aprel 2024, 14:37

“O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino quriladi — prezident

Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino qurish reja qilinmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbusni bank rahbari kiritgan. Boshqa banklar rahbarlariga ham xuddi shunday loyihalarni amalga oshirishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent shahri planetariysiga ta’mirlash va boshqa xarajatlar uchun 1,4 mlrd so‘m ajratildi
4 aprel 2024, 14:21

Toshkent shahri planetariysiga ta’mirlash va boshqa xarajatlar uchun 1,4 mlrd so‘m ajratildi

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov va xalq deputatlari kengashi tomonidan Toshkent shahri planetariysiga maketlar sotib olish, joriy ta’mirlash, yong‘in xavfsizligi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda kirish qismiga Planetariy so‘zini o‘rnatish uchun qariyb 1 mlrd 450 mln so‘m ajratildi.

Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda 2 kishi jarohatlandi
4 aprel 2024, 13:40

Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda 2 kishi jarohatlandi

Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida “KamAZ” va 14 ta yengil avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi. Jarohat olgan 2 kishiga birinchi yordam ko‘rsatildi. Hodisa katta tirbandlikni keltirib chiqardi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting