Yaqin vaqtlarda yaratilishi rejalashtirilayotgan Milliy identifikatsiya tizimi davlat tashkilotlari va banklarga tashrif buyurgan fuqarolar shaxsini hujjatlarni tekshirmasdan aniqlash imkonini beradi. Mobil telefon raqami orqali ham shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi.
Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 11 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1005 kishiga yetdi.
Uy-joy qurilishini past qavatli turar joylarni buzish hisobiga amalga oshirish, uzluksiz harakatlanish magistrali uzunligini 353,6 km yetkazish, aeroportni shahardan janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda joylashtirish — Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalaridan.
Binolar o‘rtacha qavatliligini oshirish, ekologik zararli ob’ektlarni shahar tashqarisiga olib chiqish, shahar muhitini gumanizatsiyalash, shahar ob’ektlariga yetib borish vaqtini qisqartirish va boshqalar — Toshkentni 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasi bo‘yicha prezident qarori loyihasidan o‘rin olgan takliflar.
Turkiyaning Kentsel Yenileme Merkezi A.S kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqildi. Toshkentning bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonda diniy erkinlik bo‘yicha amalga oshirilgan ijobiy qadamlarni olqishlab, 2005 yildan beri birinchi marta «diniy erkinlik sohasida alohida xavotirga molik davlatlar» qatoridan olib tashladi.
2020−2021 yillarda barcha qishloq va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlaridagi barcha xat hamda yuridik hujjatlar faqat pochta orqali yetkazib beriladi.
Xitoy hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan 100 mingta test-tizimi 29 aprel kuni O‘zbekistonga yetib keldi. Insonparvarlik yukining ikkinchi qismida tibbiy niqoblar, himoya kiyimlari va masofaviy termometrlar yetkaziladi.
DTM yangi o‘quv yilida abituriyentlar uchun test sinovlarida qo‘llaniladigan test sinovlari soddalashtirilishini xabar berdi. Chet tillari, biologiya, ona tili va adabiyot kabi fanlar bo‘yicha rasmli va chizmali test topshiriqlari kiritilsa, fizika va kimyo fanlaridan nazariy savollar soni oshiriladi.
Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 1955 kishini tashkil etmoqda.
28 aprel kuni Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga “kuzatuvchi” bo‘lib kirishi uchun ovoz berdi. Partiya fraksiyalari rahbarlari ushbu masalaga o‘z munosabatlarini bildirdi.
So‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan holda, bugun 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi.
Singapur texnologiya va dizayn universiteti olimlari dunyoda koronavirus pandemiyasi 2020 yilning noyabrida butunlay to‘xtashini prognoz qilmoqda. O‘zbekistonda esa bu muddat may oyiga to‘g‘ri kelmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vertolyotda Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlaridagi kuchli shamol yetkazgan zararlarni ko‘zdan kechirib, aholi vakillari bilan suhbatlashdi.
Buxoro viloyatida kuchli shamol jami 5293 ta, jumladan 3 ta madaniy meros, 12 ta tibbiyot muassasasi, 62 maktab, 43 ta bolalar bog‘chasi va boshqa ob’ektlarga zarar yetkazdi. Hodisadan 41 kishi jarohatlandi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi — dastlabki ma’lumotlar.
Toshkentda navbatdagi 25 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ulardan 21 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan va 4 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 934 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 kishiga oshib, jami 1939 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda navbatdagi 17 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘aydi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 909 nafarni tashkil etmoqda.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida kirishi uchun ovoz berdi.
Mudofaa vazirligi tomonidan hozirga qadar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 2,143 mlrd so‘m o‘tkazib bergani ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting