Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada Kai K5 va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Spark yo‘lovchisi jarohat bilan shifoxonaga yuborildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Senat a’zosi etib saylandi.
Ko‘plab xorijiy kompaniyalarning Rossiya bozorini tark etishi va mahalliy korxonalarning ularning o‘rnini bosishga tayyor emasligi ortidan Moskvada ofis binolarining 8,6 foizi bo‘sh qolmoqda. Aksariyat korxonalar o‘z biznesini O‘zbekiston, Qozog‘iston, BAA va Turkiyaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilmoqda.
Jurnalist Aziza Qurbonova Uchtepada gaz bosimi pastligini tanqid qilgach, post ostida tuman hokimligi nomidan qo‘pol izohlar qoldirishgani haqida yozgandik. Shundan so‘ng, tuman hokimligi bayonot berib, matbuot kotibi To‘rabek To‘rayev «his hayajonga berilib yozgan fikrlari» uchun ogohlantirilganini ma’lum qildi.
Rossiyadagi ayrim OTMlardan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati 10 kunga uzaytirildi. Avvalgi muddat 1 noyabrdan 20 noyabrgacha etib belgilangandi. O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.
«Gazeta.uz» va Dmitriy Povarov JCH-2022 boshlanishiga kunlarni sanashda davom etmoqda. Bugun G guruhi bilan tanishamiz: ushbu guruhdan «pentakampion» braziliyaliklar, qo‘rqmas serblar, soat mexanizmidek sxema bo‘yicha o‘ynaydigan shveysariyaliklar, «nol»ga o‘ynamaslikni odat qilib olgan kamerunliklar joy olgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi. Davlat rahbari 2025 yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80 foizga yetkazilishni ta’kidladi.
Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Qurilish vazirligi Andijondagi 50-maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi loyihaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilgani uchun to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vazirlik qurilish bo‘yicha barcha zarur xulosalar olinganini qayd etdi. Avvalroq prokuratura hokim qarori qalbaki ekanini ma’lum qilgandi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin chet el fuqaroligiga ega shaxslarni RF armiyasida xizmatni o‘tashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lgan rossiyaliklar ham harbiy xizmatga chaqiriladi.
NeUyat festivaliga 139 Documentary Center galereyasida start berildi. Uning maqsadi jinsiy zo‘ravonlik hodisalari atrofidagi sukunat madaniyatini buzishdir. Muhim voqelik — shu nomdagi ko‘rgazma bo‘lib, uning eksponatlarida jabrlangan ayollarning hikoyalari va mualliflarning shaxsiy tajribasi aks ettirilgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ikki fuqaro yerni noqonuniy sotishga uringan vaqtda gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Shuningdek, Samarqand, Olmaliq va Marhamatda ham yerni g‘ayriqonuniy ravishda sotishga urinish aniqlandi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 15 noyabr kuni dunyo aholisi 8 milliardga yetdi. Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilda dunyo aholisi 8,5 mlrdga, 2050 yilda esa 9,7 mlrdga yetishi mumkin. Shuningdek, 2023 yilda Hindiston aholisi eng ko‘p mamlakatga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a’zosi, musavvir Shavkat Muzaffar 54 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.
BMT Bosh Assambleyasi Rossiya bosqinidan Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashni nazarda tutuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 94 davlat qo‘llab-quvvatladi, 13 davlat qarshi ovoz berodi, 73 davlat, jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi.
Markaziy bank 15 noyabr kungi AQSh dollarining rasmiy kursini 11 190,06 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Lada Vesta, Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab Equinox avtomobili ag‘darildi, haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
O‘zbekiston hukumati ikki davlat chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan Qirg‘iziston bilan chegarada yashovchi 130 ga yaqin oilani ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Kompensatsiya to‘lovlariga 50 mlrd so‘m (taxminan 4,5 mln dollar) — har bir oilaga o‘rtacha 384,6 mln so‘mdan ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev sud sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilishda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish eskicha davom etayotgani, advokatlarning o‘rni yuqori emasligi, tergovchilar o‘z ustida ishlamay qo‘yganini ta’kidladi. U sudyalar hamjamiyati vakolatlarini kuchaytirish, sudyalar sonini oshirish taklifi ma’qullandi.
Furqat Sidiqov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Bahromjon A’loyev TIV rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting