«Zamin» fondi 5 mlrd so‘m miqdoridagi xayriya mablag‘ini O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yordamga muhtoj 5 ming nafar ayolga yo‘naltirdi. Fond atrof-muhitni muhofaza qilish, havo ifloslanishini monitoring qilish, eshitish qobiliyati zaif bolalarning yashash va ta’lim sharoitlarini yaxshilash va boshqa yo‘nalishdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Prezident “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga kelgusi 5 yilda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 4−5 baravarga ko‘paytirish, tannarxni raqobatchilarga nisbatan arzonlashtirib, tashqi bozorlarni egallash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, YeI bozorlari uchun GSP+ maqomini olish hamda mahsulotlarni BSI standartlari asosida sertifikatlashni jadallashtirish topshirildi.
Buxoro viloyatida 58 nafar bemorning koronavirusdan sog‘aygani ma’lum qilindi. Kun davomida jami 111 kishi infeksiyadan xalos bo‘ldi.
O‘zbekistonda 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.
Koronavirus bemorlari soni 19 nafarga oshib, jami 1735 kishiga yetdi.
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Hozirgi vaqtda umumiy kasallikka chalingan bemorlarning deyarli 30 foizi sog‘aygan.
Yana 9 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 495 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Erkin Xamrayev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonda navbatdagi 32 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ulardan 31 nafari Buxorodan, 1 nafari Jizzaxdan. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 486 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 3,5 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari esa 1,130 trln so‘mga teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi energetika sohasi barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Shavkat Mirziyoyev dehqon va ishlab chiqaruvchilarga murojaatida narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emasligi, chunki ularga davlat qo‘lidan kelgancha ko‘mak berayotganini ta’kidladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bosh prokuror narx-navo bilan shaxsan shug‘ullanmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar, gumon qilinganlar va karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. O‘rta ahvoldagi har bir bemorga 32 mln so‘m, og‘ir ahvoldagi bemorga esa o‘rtacha 62 mln so‘m sarflanmoqda.
Jahon banki 2020 yilda pandemiya tufayli dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Xususan, Rossiyada ishlaydigan mehnat muxojirlarning o‘tkazmalarining kamayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga salbiy tashqi shoklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Boysunda yarim tunda Nexia haydovchisi cho‘pon va uning qo‘ylarini urib yubordi. Natijada cho‘pon hodisa joyida halok bo‘ldi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 4 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 454 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Hukumat koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etmoqda.
Donald Tramp AQSHga immigratsiyani 60 kunga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ta’qiq koronavirus pandemiyasi tufayli ishini yo‘qotgan amerikaliklarni himoya qilishga qaratilgan.
Hukumat qarori bilan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tashkil etildi. Uning mablag‘lari karantin vaqtida ehtiyojmandlar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarga pul mablag‘lari, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun ishlatiladi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1716 nafar bemor. 22 aprel kuni bu ko‘rsatkich 38 nafarga ko‘paygan edi.
22 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan 55 taga ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi uch kun davomida qisqarib bormoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting