Ayollar o‘rtasidagi «CAFA Womenʼs Championship 2018» musobaqasida O‘zbekiston Afg‘onistonni 20:0, Tojikistonni 11:0 ga yutdi.
Jizzax viloyatida Cobalt avtomobilining mast haydovchisi yo‘l-patrul xizmat inspektorini urib yubordi.
Toshkentdagi Inha universitetida GDG-DevFest dasturchilar festivali bo‘lib o‘tdi.
«Nuroniy» jamg‘armasi O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo va O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevga I darajali (oltin) «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishonini topshirdi.
Shahram, Isroil va Murodjon Amerikada o‘tkazilgan professional boks oqshomida janglarini muddatidan avval g‘alaba bilan yakunladi.
Dehqonobod tumanida tezakning chala yonishidan sizib chiqqan is gazidan ikki ayol va bir yoshli bola zaharlandi.
Gruziyada kazinoga qilingan hujum oqibatida o‘zbekistonlik ayol o‘ldirildi, yana biri jarohatlandi.
Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Dubayda Interpol Bosh Assambleyasining 87-sessiyasida ishtirok etdi.
Yunon-rum kurashi, og‘ir atlektika va gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoalariga xorijlik murabbiylar tanlandi.
Onlayn-auksionlarda 151 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ekti 55,3 mlrd so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 10,2 mlrd so‘mga sotildi.
Bosh prokuratura bankdan 210 mln qarzi bor jizzaxlik fermerning o‘z joniga qasd qilishi holati bo‘yicha tafsilotlarni ma’lum qildi.
MB yaqin uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning bazaviy va qaltis ssenariysini taqdim etdi.
Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi.
XTV IT-Nation loyihasini amalga oshirish hamda informatika o‘quv dasturlarini zamon talablariga moslik bo‘yicha qayta ko‘rib chiqishni boshladi.
Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogida finalga yo‘l oldi.
O‘zbekistonda banklarni xususiylashtirish bo‘yicha maxsus dastur tayyorlanmoqda. Hozirda bank sektorida davlat ulushi 86 foizni tashkil etmoqda.
Dilshod To‘laganov, Temurbek Usmonov va Bobomurod Ahmedov dunyoning eng yirik ilmiy maqolalari bazalaridan biri bo‘lgan Scopus statistikasi bo‘yicha «Yil olimi» bo‘ldi.
Prezident kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Shahram, Murodjon va Isroil ishtirokidagi jang «Sport» telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Italiyaning Turboden S.p.A. kompaniyasi O‘zbekistonda yo‘ldosh neft gazlari utilizatsiyasi jarayonida elektr toki ishlab chiqaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting