Sirdaryoda farzandi vafot etgan ota ikki nafar shifokorga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Poytaxtdagi to‘rtta bozor yaqiniga o‘rnatilgan kameralar birinchi kunda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilgan 782 ta holatni qayd etdi.
«O‘zbekneftgaz» Qoraqalpog‘istonda ikkita, Farg‘ona vodiysida bitta konda sanoat miqyosidagi gaz oqimlari olinganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda energiyadan ratsional foydalanish, issiqxona gazlarini chiqarishni kamaytirish va ifloslanish darajasini minimallashtirish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi.
Qutqaruvchilar Qamchiqda sel oqibatlarini bartaraf etdi — 200 metrlik tosh-qum uyumi 27 ta xo‘jalikka eltuvchi yo‘lni to‘sib qo‘ydi.
Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda qo‘shinlarning jangovor tayyorgarligini tekshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari to‘satdan berilgan «Trevoga» signali asosida boshlandi.
Shahrixon tumanida «MAN» rusumli yuk avtomashinasinining tirkama ulagichi sinib ketib, yo‘l chetida turgan 51 yoshli G. X.ni urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi vafot etgan.
Adliya vazirligi bolalar va ota-onalarga mo‘ljallagan «Bolalar uchun xavfsizlik qoidalari» nomli amaliy qo‘llanma ishlab chiqdi.
Buxoro davlat universitetida o‘z ishini boshlagan VATEL mehmonxona va turizm biznesi instituti 2019−2020-o‘quv yilidan talabalarni qabul qiladi.
Gulnora Karimova o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda 2019-yilning 7-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar, o‘z oila a’zolari bilan uch kunlik uchrashuvda bo‘ldi.
Adliya vazirligi mahalliy kengashlar deputatlari uchun amaliy tavsiyalarni ishlab chiqdi.
O‘zbekiston bu yil yana dollarda yevrobondlar chiqarishi mumkin, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov Bloomberg agentligiga.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Denovda yangi tug‘ilgan chaqaloqning hojatxonaga tashlab ketilgani yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkentdan Qarshiga samolyotlar qatnovini qayta tiklamoqda. Andijonga esa hozircha parvozlar yo‘lga qo‘yilmaydi.
Import kiyimlar va boshqa kiyim-kechak mahsulotlarini sertifikatlash taklif qilinmoqda. Tegishli markirovkasiz mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘ymaslik rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
1994-yilda 20 yilga qamalgan Samandar Qo‘qonovning reabilitatsiya to‘g‘risidagi talabi qondirilmadi.
2016 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 6 ming 270 nafardan ortiq sayyohtashrif buyurgan bo‘lsa, 2019 yilning yanvar-iyun oylarida 8 ming 945 nafar sayyoh kelgan.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun elektron auksion o‘tkazish tartibi belgilandi.
O‘z opasining uyidan pul o‘g‘irlagan shaxs ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting