Ayol kishini tahqirlagan kattaqo‘rg‘onlik sobiq IIO xodimiga nisbatan sud jarayoni yakuniga yetdi va sud hukmi o‘qildi.
Moliya vazirligi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalar narxlarni asossiz ravishda 17 foizga oshirganini ma’lum qildi. Agarda narxlar tushirilmasa, ularga nisbatan choralar ko‘riladi.
Qibray tumani uchun issiqlik energiyasining yangi tariflari 77 foizdan ziyodroqqa oshdi.
Prezident qarorida issiqxona komplekslarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarga 200 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan hajmda mablag‘lar jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
«Dubai cup» musobaqasining so‘nggi turida Kuvaytni 1:0 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi turnir g‘olibi bo‘ldi.
Prezident qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish bo‘yicha urug‘chilik klasterlari tashkil etiladi.
Oliy Majlis Senati a’zosi Maqsuda Vorisova Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan «fermerlar qasamyodi"ni rahbariyat oldida «yangilik» yaratib obro‘ olishga urinish deb baholadi.
Prezident qarori bilan Rostov-Don shahrida (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi.
Prezident ko‘rsatmasi bilan Mo‘ynoq tumani yoshlari uchun davlat granti asosida 25 ta tibbiyot, 25 ta pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha kvota ajratildi.
O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan «Maqom» kitob-albomi nashrdan chiqdi.
MTS O‘zbekistonda korrupsiyaga yo‘l qo‘ygani ehtimoli bo‘yicha AQSHda o‘tkazilayotgan tergov munosabati bilan 850 mln dollar zaxira qilib qo‘ydi. Avvalroq Veon $795 mln, Telia esa $965 mln jarima to‘lagan edi.
Koson tumanida juvozchi MIB xodimlariga avval haqoratlab, so‘ngra bolta bilan ularga tahdid qildi.
Shavkat Mirziyoyev Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishini yana bir bor ko‘zdan kechirdi.
Noqonuniy o‘qishga kiritib qo‘yish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Transport prokuraturasi prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov Toshkent prokurori o‘rinbosari bo‘ldi.
Namangan viloyatida is va boshqa gazlarni aniqlab, u haqda signal beruvchi qurilmani ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Ravshan Haydarov nomzodi «Osiyoning eng yaxshi murabbiyi» unvoni uchun nomzodlar qatoriga kiritildi.
Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekneftgaz» tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish va tarmoqqa oid bo‘lmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston termasi o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Taniqli tadbirkor Fattoh Shodiyevning otasi Qayum Shodiyev vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting