O‘zbekiston musulmonlar idorasi 2020 yil uchun zakot miqdorini e’lon qildi
Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.
Toshkentning Olmazor tumanida tez tibbiy yordam mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashdi. Besh kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.
Chernobil zonasidagi o‘rmon yong‘inlari AESning radiatsion chiqindilar omboriga yaqinlashdi. Yong‘inning qasddan o‘t qo‘yish sababli yuzaga kelgani taxmin qilinib, 2 gumondor qo‘lga olindi. Alanga tarqalishining oldini olish uchun aviatsiya ham jalb qilingan.
O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 59 taga oshib, jami 1113 taga yetdi.
Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 60 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi.
O‘zbekistonda ilk bor koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari to‘liq sog‘aydi. Jami tuzalganlar soni 100 kishiga yaqinlashdi.
Toshkentdagi 17-sonli shifoxona va 8-oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopildi.
Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi. IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Bekmurod Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun 213 mln dollar ajratdi. 6 yilga mo‘ljallangan loyiha doirasida tijorat banklari ushbu sohadagi tadbirkorlarga kreditlar taqdim etadi.
Buxoro viloyatida to‘rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 89 nafarga yetdi.
Bobur Parpiyev Orient Finans Bank rahbari lavozimini muddatidan oldin tark etdi. U bankning kuzatuv kengashi a’zosi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1054 nafarga (+56) yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 998 nafarga (+64) yetdi. Ularning 85 nafari sog‘aydi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotni e’lon qildi. Xususan, barcha musulmonlar taroveh namozlarini oila a’zolari bilan o‘z uylarida o‘qish hamda qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnini yig‘ib iftor o‘tkazmaslikka chaqirildi.
Fitch O‘zbekistonning suveren reytingini barqaror prognoz bilan «BB-» darajasida saqlab qoldi. Agentlik 2020 yilda mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi 2 foizga tushishi, biroq 2021 yilda 6,8 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda.
Andijon viloyatida 4, Namangan viloyatida esa 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi. Mamlakatda jami sog‘aygan bemorlar soni 85 nafarga yetdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan so‘ng IIV vatanparvar blogerlar guruhini tashkil etish haqidagi taklif o‘rin olgan prezident qarori loyihasi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Yangi qaror loyihasi kelishish uchun mutasaddi idoralarga kiritiladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 934 taga yetdi.
Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani haqidagi xabarlar rad etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda videoyozuv orqali bu haqda ma’lum qilgan IIB xodimi esa ishdan bo‘shatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting