Xatirchida bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi
9 noyabr 2022, 10:08

Xatirchida bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida bir nechta do‘konlar yonib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘konlarning 120 kv.m maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

9-noyabr kuni banklar dollarning yangilangan sotuv kursini e’lon qildi
9 noyabr 2022, 09:53

9-noyabr kuni banklar dollarning yangilangan sotuv kursini e’lon qildi

Markaziy bank o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 157,04 etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

O‘zbekiston investitsiya uchun fuqarolik berishni boshlashi mumkin
9 noyabr 2022, 09:26

O‘zbekiston investitsiya uchun fuqarolik berishni boshlashi mumkin

Kamida 1 mln dollar investitsiya kiritgan xorijliklarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligini olishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday imkoniyat nafaqat investorlar, balki taniqli olimlar, sportchilar, madaniyat va san’at arboblariga ham tadbiq etiladi.

Beybut Atamkulov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ish boshladi
8 noyabr 2022, 23:50

Beybut Atamkulov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ish boshladi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Beybut Atamqulov o‘z ish faoliyatini boshladi. Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qabul qilib oldi.

Toshkent viloyatida 1 tonnadan ortiq iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari sotuvi oldi olindi
8 noyabr 2022, 23:26

Toshkent viloyatida 1 tonnadan ortiq iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari sotuvi oldi olindi

Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida fuqaroga tegishli qushxonada jami 1,2 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari borligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qrim va Sevastopoldagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini vatanga ko‘chirishga ruxsat berildi
8 noyabr 2022, 22:45

Qrim va Sevastopoldagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini vatanga ko‘chirishga ruxsat berildi

Prezident topshirig‘iga asosan, Qrim va Sevastopolda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirishga ruxsat berildi. Avvalroq bu bo‘yicha talabalar davlat rahbariga videomurojaat yo‘llagan edi.

JCH-2022: Yoshlar uchun hamma joyda dastur bor
8 noyabr 2022, 20:00

JCH-2022: Yoshlar uchun hamma joyda dastur bor

«Gazeta.uz» jahon chempionati boshlanishiga haftalar va kunlarni sanashda davom etmoqda. Dmitriy Povarov bilan birgalikda biz amaldagi chempionlar — fransuzlar, Daniya transformeri, kuchli Tunis himoyasi va avstraliyalik «sokkerouz» ustalaridan tashkil topgan D guruhini o‘rganmoqdamiz.

OTB «yashil» ipotekani kengaytirish uchun $150 mln kredit ajratadi
8 noyabr 2022, 18:02

OTB «yashil» ipotekani kengaytirish uchun $150 mln kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki ajratadigan qarz O‘zbekistonda «yashil» ipotekani kengaytirishni moliyalashtiradi. Bunday kreditlardan isitish va sovutish tizimlarini ta’mirlash yoki o‘rnatish, quyosh panellarini o‘rnatish, gidroizolyatsiyani yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish uchun foydalanish mumkin.

Qrimdagi o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni vatanga ko‘chirishda yordam so‘radi
8 noyabr 2022, 17:48

Qrimdagi o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni vatanga ko‘chirishda yordam so‘radi

Qrimdagi tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishlarini vatandagi OTMlarga o‘tkazishda yordam so‘rab prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.

Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqaruvchilari qanday qo‘llab-quvvatlanadi?
8 noyabr 2022, 17:18

Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqaruvchilari qanday qo‘llab-quvvatlanadi?

Mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun «Canoat ipotekasi» dasturini ishlab chiqishni taklif qildi, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchilar uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Toshkentda ikki o‘smir aka-ukaning ota-onalari qidirilmoqda
8 noyabr 2022, 16:51

Toshkentda ikki o‘smir aka-ukaning ota-onalari qidirilmoqda

Toshkent shahar IIBB tomonidan Bektemir tumanida topilgan ikki o‘smirning ota-onasi yoki yaqinlari qidirilmoqda. 13 va 15 yoshli o‘g‘il bola yaqinlari hamda yashash joyi haqida ma’lumot bera olmagan.

HRW O‘zbekistonda namoyishlarni tarqatish vositalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi
8 noyabr 2022, 16:22

HRW O‘zbekistonda namoyishlarni tarqatish vositalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Human Rights Watch O‘zbekistonni Nukus voqealarida bo‘lgani kabi o‘lim va og‘ir jarohatlarning oldini olish maqsadida olomonni nazorat qilish uchun shovqin va tutun chiqaruvchi granatalar qo‘llanish tartibini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishga va ularni IIO xodimlari jihozlari qatoridan chetlashtirishga chaqirdi.

Olmaotada ikkita yo‘lovchi tashuvchi avtobus to‘qnashib ketdi (foto)
8 noyabr 2022, 16:14

Olmaotada ikkita yo‘lovchi tashuvchi avtobus to‘qnashib ketdi (foto)

8 noyabr kuni Olmaota shahrining Tole Bi — Abilay Xan ko‘chalari kesishmasida 2 ta yo‘lovchi tashuvchi avtobus bir-biriga urilib ketdi. Oqibatda 20 ga yaqin kishi jabrlandi, 1 nafari vafot etdi. Avtobuslardan biri xususiy tashuvchiga tegishli bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi
8 noyabr 2022, 15:00

O‘zbekistonda Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasida butun O‘zbekiston bo‘ylab 32 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Toshkentda ushbu tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Lacetti va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
8 noyabr 2022, 13:03

Lacetti va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Toshkentning Muqimiy ko‘chasida Nexia-2 va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida 1998 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi vafot etdi, 3 kishi jarohatlandi.

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir tengdoshlarining kaltaklashi oqibatida vafot etdi
8 noyabr 2022, 12:33

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir tengdoshlarining kaltaklashi oqibatida vafot etdi

16 oktabr kuni Farg‘onadagi bozorda o‘g‘rilik qilmoqchi bo‘lgan 14 yoshli o‘smir qo‘lga olinib, Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ertasi kuni u shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etdi. O‘smirni markazdagi tengdoshlari kaltaklagani aytilmoqda.

Davlat xizmatchilariga 1,5 mln so‘mdan qimmat sovg‘a olish taqiqlanishi mumkin
8 noyabr 2022, 11:47

Davlat xizmatchilariga 1,5 mln so‘mdan qimmat sovg‘a olish taqiqlanishi mumkin

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibini belgilamoqda. Tegishli nizom jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi yangi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi
8 noyabr 2022, 11:43

O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi yangi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi

O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi Omicron-Delta oqsil vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Yangi vaksina koronavirusning delta va omikron mutatsiya shtammlari uchun mo‘ljallangan. Ikki mamlakat COVID-19`ga qarshi «samarali va uzoq muddatli himoya vaksinasini yaratishga umid qilmoqda».

Toshkentda o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatining sovrin miqdori ma’lum bo‘ldi
8 noyabr 2022, 11:02

Toshkentda o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatining sovrin miqdori ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 2023 yilda boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa 1−14 may kunlari Humo arena majmuasida o‘tkaziladi. Sovrin jamg‘armasi $5,2 mln bo‘lgan dunyo birinchiligida oltin medal sohiblari 200 ming, finalchilar 100 ming va bronza medali egalari 50 ming dollarga ega bo‘ladi.

Qazish bosqichida kuchmas mulkka investitsiya kiritish o‘zini qanchalik tez qoplaydi
8 noyabr 2022, 11:00

Qazish bosqichida kuchmas mulkka investitsiya kiritish o‘zini qanchalik tez qoplaydi

Kompaniya NovaStroy Livingood mixed-use majmuasi misolida qazish bosqichida ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish haqida gapirib berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting