Shavkat Mirziyoyev mahallalarda oilaviy hayotga tayyorlash kurslarini tashkil etish, xotin-qizlar o‘rtasida biznes loyiha bo‘yicha tanlov o‘tkazib, g‘oliblarga grantlar, kredit va joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Endilikda mahalladagi vaziyatga profilaktika inspektori bilan birga Milliy gvardiya ham javob beradi.
Rossiyada koronavirus aniqlangan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi. Operativ shtab uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.
«O‘zbekiston 24» telekanali direktori Madamin Safarov Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Alisher Xo‘jayev esa MTRK raisi bo‘ldi (bunga qadar vazifasini bajaruvchi edi).
RSHTYOIM shifokorlardan biri o‘zida koronavirus alomatlari borligidan shubha qilgani bois u ishlayotgan bo‘lim ma’lum muddat yopildi. 1-klinik shifoxona esa Turkiyaga borganini yashirgan bemorda virus tasdiqlangani uchun karantinga olindi.
Toshkentda yo‘lovchi oqimi keskin kamaygan vaqtlarda atvobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda.
Yana besh kishi — Parijdan kelgan ayolning uch qarindoshi, Istanbul va Londondan kelgan ikki yo‘lovchida koronavirus tasdiqlandi. Aniqlangan holatlar soni 23 taga yetdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning e’lon qilishicha, olimlar COVID-19 koronavirusiga qarshi ilk vaksina sinovlarini boshlab yubordi.
O‘zbekistonga mulklarni Gulnora Karimovaning o‘zi qaytarganligi haqidagi ta’kidlar huquqiy asosga ega emas va shu bois haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya ma’lum qildi Adliya vazirligi. 1,3 mlrd dollardan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Misrdan O‘zbekistonga olib kelingan 181 nafar fuqaro Karmana tumanidagi NKMK sanatoriyasiga karantinga joylashtirildi.
Yana uch kishi — Parijdan qaytgan ayolning onasi, kelini va hamkasbida ham koronavirus tasdiqlandi. Aniqlangan holatlar soni 18 taga yetdi.
Joriy yilda «Raqamli Toshkent» dasturi doirasida transportga chiptalarni onlayn sotib olish, maktablarda onlayn jurnal va kundaliklar, kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lovlar va yagona elektron tibbiy karta yagona tizimi joriy etiladi. May oyidan «Xalq nazorati» portali ish boshlaydi.
Toshkentda sifat sertifikati bo‘lmagan 123 mln so‘mlik 62 ming dona tibbiy niqoblar savdoga chiqarilgani aniqlandi va vaqtincha olib qo‘yildi.
O‘zbekiston prezidenti neft narxining pasayishi, xorij valyutalarining qadrsizlanishi, xorijiy turistlar sonining kamayishi mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining boshida koronavirus muammosiga to‘xtalib o‘tdi.
Eshitish qobiliyati past bo‘lgan odamlarning ijtimoiylashuvini yaxshilash bo‘yicha sinov loyiha ishga tushirildi — banklar, hokimiyatlar va davlat xizmatlari markazlariga surdotarjimonlar onlayn markaziga ulangan planshetlar o‘rnatiladi. Ular yordamida kar-soqov tashrif buyuruvchilar operator bilan muloqot qilishlari mumkin.
“O‘zbekkino” yaqin ikki haftada premyerasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan 30 ta yangi filmni telekanallarga bepul taqdim etdi. Filmlar Navro‘z bayrami kunlari namoyish etiladi.
Istanbuldan kelgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i va Londondan kelgan yana bir fuqaroda koronavirus aniqlandi. Infeksiyani yuqtirganlar soni 15 nafarga yetdi.
Qonunchilik palatasidagi yig‘ilishlar hamda aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumat soati vaqtincha bekor qilindi. Deputatlar o‘z ishlarini davom ettiradi, qonun loyihalari messenjerlar orqali muhokama qilinmoqda.
Qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi.
Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting