«Qishloq qurilish bank» rahbari Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, ichki ishlar polkovnigi esa hokim o‘rinbosari — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman, dedi prezident turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov doping sababli Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada-2020 litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.
Loukasterlar, qo‘l yukisiz va qaytarilmaydigan tariflar hisobiga aviachiptalar qariyb 20 foizga arzonlashtiriladi, deya ma’lum qildi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov yaqin istiqbolda Toshkent va Nurafshon o‘rtasida metro harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Afg‘onistonda besh oy avval bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari e’lon qilindi. Amaldagi prezident Ashraf G‘ani g‘olib deb tan olindi.
Anqarada Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida olib boradi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyatida 10 nafar ichki ishlar xodimini lavozimidan chetlashtirdi.
Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Asaka tuman IIB bloger Otabek Nuritdinovning kaltaklanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. U masjid yaqinidagi spirtli ichimliklar do‘koni fotosuratlarini e’lon qilganidan so‘ng hujumga uchradi.
Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisi Botir Parpiyev hamda sobiq Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Elmira Bositxonova yangi vazirning o‘rinbosarlari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi.
Farg‘ona viloyatida Nexia, Tico va Gentra to‘qnashuvi natijasida uch kishi vafot etdi, olti kishi shifoxonaga yotqizildi. Samarqand viloyatidagi YTHda esa ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi.
Ichki ishlar vaziri Aziz Ikromov zimmasiga yangi tashkil etilgan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifalarini yuklatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.
Madaniyat vaziri o‘rinbosari, san’atshunoslik fanlari doktori Kamola Oqilova madaniy meros ob’ektlariga zarar yetishi va ularning yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni ma’lum qildi. Uning aytishicha, eng katta zarar mahalliy hokimiyatning qurilish ishlaridagi siyosatidan kelib chiqmoqda.
Xitoyning Uxan shahridan evakuatsiya qilingan 84 kishi ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Ularda koronavirus alomatlari aniqlanmadi.
5−6 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli kuzga qoldirildi.
Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlari hokimlari o‘zgardi.
Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda mamlakatni demokratik yangilash jarayonida parlament va hokimiyat vakillik organlari vazifalari tahlil qilindi. Unda parlament rahbariyati, vazirlar va ekspertlar o‘z mulohazalarini bildirdi. «Gazeta.uz» anjumandagi asosiy fikrlarni bir maqolaga jamladi.
Toshkentda «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti tarafdordari va a’zolari aniqlanib, 21 kishi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqaraga jo‘nab ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting