O‘zbekistonlik ziyoratchilarga Umra safarini tashkil etishda faqat bitta kompaniya xizmat ko‘rsatadi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Musulmonlar idorasi ushbu kompaniya bilan 12 yildan beri hamkorlik qiladi.
Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda aksilkorrupsiya organini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalar uchun korrupsiyaga qarshi dasturlarni ishlab chiqish va davlat organlarida komplayens nazorat tizimini joriy etish belgilandi.
O‘zbekistonda YTHlarni «Yevroprotokol» bo‘yicha — YHXB xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bank qonunchiligiga «ipoteka ta’tili» tartibini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Qarzdor ipoteka kreditlarini to‘lashni kechiktirish huquqiga ega bo‘ladi.
1 apreldan boshlab 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon doimiy istiqomat qilayotgan shaxslarga mamlakat fuqaroligi avtomatik tarzda beriladi.
«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
1- apreldan Toshkent va poytaxt viloyatida ko‘chmas mulk sotib olishda doimiy propiska talab etilmaydi va davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinadi.
Saida Mirziyoyeva «Ilhom» teatri atrofidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi. Teatrni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz, dedi u.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Muhiddin Jo‘rayev Qo‘qon IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga nega Saudiya Arabistoni turizm vizasi taqdim etilmasiligini tushuntirdi. Musulmonlar idorasi vakili esa Umra vizasini mustaqil olish masalasiga oydinlik kiritdi.
Uzoqov Shuhrat Sharapovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.
Pensiya tayinlashda fuqarolarga davlat arxivlaridan ma’lumotnoma olib kelish talabi bekor qilinishi mumkin. Pensiyalarni tayinlashda ish xaqi va ish staji to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini olish bo‘yicha yagona axborot tizimi yaratilmoqda.
10 fevral holatiga O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmadi. Xitoydan qaytgan 3447 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bugungi kunda 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.
Hukumat qaroriga muvofiq 1064ta uy-joy uchun ariza topshirgan yosh oilalar ipoteka kreditini so‘ndirishda imtiyozga ega bo‘ladi. 2020 yildan boshlab, ushbu imtiyoz shartlari qisman o‘zgargan.
Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti negizida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.
Xalqaro atom energetikasi agentligi Yadroviy infratuzilmasini kompleks ko‘rib chiqish bo‘yicha missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Energetika vaziri agentlik rahbariyati bilan Venada uchrashdi.
Barcha arxiv hujjatlarini mavjud resurslar bilan raqamlashtirish uchun 60 yil talab etiladi. Ayni paytda «O‘zarxiv» tasarrufida bo‘lgan hujjatlarning 2−3 foizi raqamlashtirilgan. Agentlik kelgusi rejadagi strategiyasini ma’lum qildi.
Poytaxt hokimiyati Shayxontohur tumani ma’muriyatining «Ilhom» teatridan binoni bo‘shatish so‘ralishiga sabab bo‘lgan Shodlik Palace mehmonxonasini rekonstruksiya qilish tashabbusiga aloqadorligini o‘rganmoqda.
Davlat mehnat inspeksiyasi davlat organlarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishini tekshiruvdan o‘tkazadi. Jumladan, xodimlarning kechki vaqtlarda ushlab qolinishi va dam olish kunlarida ham ishga jalb qilinishi o‘rganiladi.
Shodlik Palace mehmonxonasi Ofelos Plaza kompaniyasi nomidan «Ilhom» teatridan aprel oxiriga qadar binoni bo‘shatishni so‘ramoqda. Teatr buni fojiali holat deb baholab, hukumat, tomoshabinlar, jurnalistlar, diplomatlar va xalqaro hamjamiyatni teatrni qutqarish va saqlab qolishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting