O‘zbekiston maktablarida koronavirus haqida diktantlar yozdirilmoqda. Bu bolalarning kasallik profilaktikasi borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov IIV tizimidagi 11 nafar rahbarni ishdan bo‘shatdi. Buxoro viloyatidagi yig‘ilishda u soha faoliyatiga tanqidiy baho berdi.
Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Maykl Pompeoning Toshkentda aytilgan so‘zlariga e’tirozini bildirdi. Elchixona fikricha, AQSH davlat kotibi Pekinga tuhmat va yolg‘onlarni tarqatmoqda.
AQSH hukumati O‘zbekistonga kapital bozorini rivojlantirish uchun ajratishni rejalashtirayotgan 1 mln dollarlik texnik yordam «Kapital bozori to‘g‘risida», «Kapital bozori regulyatori to‘g‘risida» va «Kompaniyalar to‘g‘risida"gi qonun loyihalarini ishlab chiqishga mutaxassislar jalb etishga yo‘naltiriladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» yer usti metro yo‘nalishining «Do‘stlik-Qo‘yliq» uchastkasidagi yettita bekatdan oltitasi qurilishi yakunlanganini ma’lum qildi. Bekatlarda pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Jizzaxda homilador xotinini xiyonatda ayblagan er uning ustiga benzin quyib, yoqib yubordi. Ayol tanasining 55 foizi kuydi.
O‘zbekiston prezidenti va AQSH davlat kotibi Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga ikki tomonning intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi.
Markaziy bank raisi o‘rinbosarining o‘tgan yili iqtisodiyotning o‘sishidan ko‘ra unga ikki barobar ko‘p hajmda kreditlar berilganini ma’lum qildi. Shunga muvofiq, u joriy yildagi kredit siyosatida ehtimoliy o‘zgarishlarga munosabat qildi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonning mo‘tadil tashqi siyosat yuritishini e’tirof etdi, ammo boshqa davlatlar istagi bilan qaror qabul qilmaslikka chaqirdi. Shuningdek, u AQSHning mintaqadagi maqsad va vazifalarini ochiqladi.
Yosh oilalarga uy-joy berish tartibi va mexanizmi o‘zgardi. Joriy yilda quriladigan 3878ta uy-joy joylashuvi aniqlanmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 4−5 fevral kunlari Pekin va Uxanga charter reyslarni amalga oshiradi. Uxan reysi bepul bo‘ladi.
AQSH davlat kotibi Tramp ma’muriyati AQSHning Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyasi ustida ish olib borayotganini bildirdi. U tez orada e’lon qilinadi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazdi. Qo‘shma bayonot vaqtida diplomatlar iqtisodiy hamkorlik masalalariga katta urg‘u berishdi. Pompeo diniy erkinlik va inson huquqlariga ham to‘xtaldi.
WBA va IBF bo‘yicha jahon chempioni bokschi Murodjon Ahmadaliyevga prezident sovg‘alari — Toshkentdan uch xonali kvartira va Tracker avtomobili topshirildi.
Test sinovlariga qadar tegishli fanlardan sertifikat olgan abituriyentlar imtihon topshirmasdan o‘qishga qabul qilinadi.
Hafta avvalidagi qisqa muddatli salqin va yomg‘irli ob-havodan so‘ng harorat yana ko‘tarila boshlaydi va dam olish kunlari +20 darajaga yetadi. Bunday ob-havo fevral boshi uchun xos emasligi ma’lum qilindi.
Namangan viloyatida bir kishiga chet el banklaridan kredit olishga yordamlashishga va’da bergan va unga qiymati 1 mln dollar bo‘lgan banknotani sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Londonda yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilib, uch kishini jarohatlagan shaxs politsiya tomonidan otib tashlandi. Keyinroq uning terrorizmda ayblanib qamalgani va yanvar oxirida ozodlikka chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Yanvar oyida inflyatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, xizmatlar 0,3 foizga qimmatlashdi.
Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev so‘nggi ikki yilda 56 ming gektar yer maydoni hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilganini ma’lum qildi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 40 foizi — yer kadastri xodimlari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting