Bosh prokuratura va Toshkent hokimligi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ovozi bilan audioyozuvda jurnalistlarga tahdid qilinishi yuzasidan bayonot berdi.
Namangan viloyatining Uychi tumanida bir oila is gazidan zaharlandi. Ona va ikki farzand vafot etdi, ota shifoxonaga yotqizildi.
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi Qirg‘izistonga meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirilishiga taqiq qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
O‘zXDP, «Milliy tiklanish» partiyalari hamda AOKA matbuot xizmati Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ovozi bilan audioyozuvda jurnalistlarga tahdid qilinishi yuzasidan bayonot berdi.
«Adolat» partiyasi huquqni muhofaza qilish organlarini Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga qarshi qonunda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi. Avvalroq uning jurnalistlarga tahdid qilgani aks etgan audioyozuv tarqaldi.
Prezident dori vositalari bozorida korrupsiyaga barham berish, milliy mahsulotlar assortimentini ko‘paytirish va sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
SSV Chiroqchi tumanida 7 kishidan iborat oilaning uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanganiga izoh berdi.
Toshkentda kapital ta’mir qilingan velotrek bazasi ochildi. Senat rahbari Tanzila Norboyeva ochilish marosimida bunday bazalar barcha viloyatlarda ochilishi lozimligini ta’kidladi.
Turk investorlarining O‘zbekistonga qarshi savdo tarmog‘ini ekspropriyatsiya qilish bo‘yicha da’volarining 90 foizi rad etildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi.
O‘zbekiston 2023 yilgacha eng kamida 20 ta davlat kompaniyasini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Jizzax viloyatida Cobalt avtomobili va MAN yuk mashinasi to‘qnashuvi natidasida ikki kishi, jumladan uch yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi.
«Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, vafot etgan shaxsni dafn etish uchun nafaqa endilikda davlat byudjeti hisobidan beriladi.
O‘zbekistonda 2020 yil fevralidan iste’mol xususiyatini yo‘qotgan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini olish boshlanadi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonning beshta siyosiy partiyasidan ilgari surilgan 750 nafar deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik va haroratning keskin o‘zgarishi kutilmaydi. Havo bulutli bo‘ladi, kunduzi havo harorati + 10 … + 15 darajagacha isiydi.
Prezident 2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Saudiya Arabistoni jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. JCH-2022 saralash bosqichi o‘yini 2:3 hisobida yakuniga yetdi.
«LUKOYL» rahbar xodimi tomonidan ishchilarning haqorat qilinishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Ivan Shilov kompaniyaning Moskvaga kasbiy etika bo‘yicha majlisga chaqirilgan.
O‘zbekiston hukumati bilan Koreya hukumati o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim prezident qarori bilan tasdiqlandi.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi besh erkak tomonidan zo‘rlangan ayol masalasi nazoratda ekanini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting