Hafta sovuq bo‘ladi — kunduzi havo harorati +3 darajagacha iliydi, tungi harorat esa ba’zi hududlarda -12 darajaga tushishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilayotgani yo‘q.
TIV O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsulxonalari qoshida tashkil etilgan saylov uchastkalari ro‘yxati va manzillarini e’lon qildi.
Invest in Samarkand forumi yakunlari bo‘yicha 1,7 mlrd dollardan ortiq 234 ta kelishuv bitimlari imzolandi. Viloyatda «Real Madrid» Futbol akademiyasi, attraksionlar va IMAX kinoteatrli istirohat bog‘i ochiladi.
Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Bahodir Abduvaliyev Toshkent prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Orenburg viloyati hududida mikroavtobus ishtirokidagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Elis Uells prezident Shavkat Mirziyoyevning OAVni himoya qilish borasidagi so‘zlarini olqishladi.
Polkovnik Hamdam Qarshiyev mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
IIV tuzilmasida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi — ikki nafar vazir o‘rinbosari, YHXBB, MvaFRBB, PPX va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi.
IIV Qorovul qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni, general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi.
Giyohvand moddalar sotiladigan saytga eltuvchi QR-kodli bannerga samarqandlik shaxs buyurtma bergani aniqlandi. U buyurtmani internet orqali Rossiyadagi blogerdan olgan. Xuddi shunday banner Samarqandga ham o‘rnatilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, tahrir san’ati ustasi Mahmud Sa’diy olamdan o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev ba’zi rahbarlar xalq va matbuot bilan muloqotda muomala madaniyatini unutib qo‘yayotganini ma’lum qildi. Rahbar qanday dolzarb muammoga duch kelmasin, vaziyatdan og‘ir-bosiqlik bilan chiqishi lozim, dedi prezident.
Keyingi yildan boshlab, aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida yangi tizim joriy etiladi. Endi uylar davlat tomonidan emas, to‘liq xususiy sektor tomonidan quriladi.
Hukumat qarori bilan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi takomillashtiriladi.
Habib Nurmagomedov, Otabek Umarov va GFC mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
«O‘zbekiston xalq artisti», «O‘zbekiston xalq rassomi» unvoniga ega bo‘lgan san’atkorlar, «Nihol» mukofoti sovrindorlari hokimliklarga maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirildi.
Andijon viloyatida xonadonda gaz portlashi natijasida ayol va uning 18 yoshli o‘g‘li jarohat oldi. Qo‘lbola isitish pechiga ulangan velosiped rezina kamerasidan gaz sizib chiqishi hodisaga sabab bo‘lgan.
Prezident maslahatchisi Rustam Qosimovga O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarish yuklatildi.
29 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida turli sohalardagi mintaqaviy hamkorlik masalalari hamda xalqaro muammolar ko‘rib chiqiladi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev hamda IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni Dmitriy Pan lavozimidan ozod qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting