2022 yilgacha internetda milliy kontentni rivojlantirish dasturi OTMlarning ta’limiy onlayn-manbalari, referatlar va ilmiy ishlar bankini yaratish orqali ko‘chirmakashlikka qarshi kurashish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Metroning Yunusobod yo‘nalishi ikkinchi bosqichi qurilishi sifatini germaniyalik mutaxassislar nazorat qiladi. Loyiha bilan tanishgan prezident u odamlarning hayot tarzini o‘zgartirishi kerakligini ta’kidladi.
Keyingi yildan butun O‘zbekiston bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus transport kartalari joriy etiladi.
Navoiy viloyatida ilk bor FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketasi sinovdan o‘tkaziladi.
Bosh prokuratura Payariq tumanida ikki pedagog tomonidan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilgani yuzasidan bayonot berdi.
Prezident taqdim etilgan Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali qurilishi loyihalar orasidan birini tanladi. Uning qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi — foto va videoda.
Toshkent hokimi shaharda isitish mavsumini 25 oktyabrdan boshlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Bosh prokuratura qo‘lga olingan Yunusobod hokimi o‘rinbosarining uyidan 1,5 mln dollar va Maldivga chiptalar topilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Biroq uning nomiga Turkiyaga aviachipta band qilingan.
Buyuk Britaniya politsiyasi yuk mashinasidan 39 nafar muhojirning jasadlarini aniqladi. Uning konteyneri muzlatkichli bo‘lgan — tashish vaqtida harorat -25 darajagacha tushishi mumkin.
Qashqadaryo viloyat tibbiyot markazida tishlarini tozalayotgan vaqti ignani to‘satdan yutib yuborgan o‘smir muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonning doimiy aholisi 469 ming kishiga ko‘payib, 33,72 mlnga yetdi.
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida konditsioner va dori vositalari sotib olish orqali katta miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingani aniqlandi.
Ombudsman vakillari va huquq himoyachilari bloger Nafosat Ollashukurovani ko‘rish uchun ruhiy kasalliklariga tashrif buyurdi. Mutasassislar tashhis to‘g‘ri qo‘yilganini tasdiqlab, depressiya alomatlari hamon mavjudligini qayd etishdi.
Xorazm viloyatida to‘rt kishilik oila o‘z uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
KXDRda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida Kumushxon Fayzullayeva 3 yo‘nalishda oltin medallarni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning 10 ga yaqin qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Jahon bankining «Biznes yuritish 2020» yillik hisobotida O‘zbekiston 7 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.
Taksi haydovchilarini haqorat qilgan Yangiyo‘l YHXB rahbari o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi. Kechqurun 100 ga yaqin taksi haydovchilari tuman YHXB binosiga yig‘ilishdi.
Yangiyo‘l tuman prokuraturasi va Toshkent viloyati IIBB tuman YHXB rahbari o‘rinbosarining taksichilarni haqoratlayotgani yozilgan audioni tekshirmoqda. Uning o‘zi ovoz o‘ziniki ekanini rad etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting