YHXB avtomobillarning orqa yon oynalariga parda ilganlik uchun jarimaga tortish huquqiga ega ekanini himoya qilmoqda. IIV matbuot kotibi esa fuqarolarni noqulay holatga solib qo‘yadigan bunday harakatlar bilan hurmatga erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Surxondaryoda yiliga 1,1 mln tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega 144 mln dollarlik sement zavodi ishga tushirildi.
Quyi tizimda ularni bajaradigan saviyali rahbar kam. Hokim tayyorlash maktabini yaratdikmi degan savolga ijobiy javob yo‘q. Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan», — dedi prezident.
O‘zbekistonga kelayotgan investorlarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zLiDeP Investitsiya kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqda.
Dunyoda insoniyat iste’moliga yaroqli 6000 dan ortiq o‘simlik turi bo‘lsa, yetishtirilayotgan o‘simliklarning atigi 9 turi umumiy ekinlarning 66 foizini tashkil qiladi. Toshkentda birinchi bor Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlandi.
IIV matbuot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov Toshkentda propiska tartibining soddalashtirilishi ichki ishlar organlariga o‘z faoliyatini samarali bajarishlariga imkon berishini ma’lum qildi.
Ufada voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qizni ikki yil davomida zo‘rlab kelganlikda gumonlanayotgan 44 yoshli Tojikiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Biz yerimizga, sarflanayotgan xarajatga nisbatan kam hosil olyapmiz», — dedi Surxondayorning Angor tumanidagi paxta dalasiga tashrif buyurgan prezident. U agrosektordagi ilmiy yutuqlardan foydalanish muhimligini qayd etib o‘tdi.
Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi qisqarishda davom etmoqda, biroq avvalgiga qaraganda ancha sekin. Jahon banki aholining zaif qatlamlari uchun ish o‘rinlarini ochish, ichki migratsiyadagi huquqiy cheklovlarni olib tashlash va arzon uy-joy bilan ta’minlashni tavsiya qilmoqda.
Meva-sabzavotga ixtisoslashgan barcha 55 ta tumanda eksportchilar va qayta ishlash korxonalari ishtirokida kooperatsiyalar tashkil etiladi.
BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi ISHID jangarilarining ozod qilinishiga olib kelishidan xavotirda ekanliklarini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bevosita tanishish uchun Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Makka va Madina o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan yo‘l hodisasida arab va Osiyo davlatlaridan kelgan eng kamida 35 nafar ziyoratchi vafot etdi.
«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va Xalima Ibragimovaning litsenziyalarini qayta tikladi. Tashkilot bayonotida prezidentning san’atkorlarga e’tibori va g‘amxo‘rligini tilga oldi.
Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan birgalikda qo‘shma fakultet ochilmoqda. Ta’lim kredit — modul tizimi asosida amalga oshiriladi.
Germaniyaning «Shtutgart» klubi Rossiyaning «Rostov» jamoasidan hujumchi Eldor Shomurodov sotib olish uchun 10 mln yevro taklif qildi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisiga SSKA ham qiziqish bildirmoqda.
IIV Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida «Xizb ut-Taxrir» tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek quyilgani haqida xabar qildi.
Toshkentda uch kun ichida nazoratsiz qoldirilgan ikki bola uy derazasidan qulab tushib halok bo‘ldi.
Qozog‘iston yirik shoxli tirik chorva mollarini olib chiqishni olti oy muddatga taqiqladi.
Kataloniyada mustaqillik uchun referendum o‘tkazgan siyosatchilarga nisbatan sud hukmiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tartibsizliklar natijasida 130 dan ziyod kishi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting