Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish rejalashtirilmoqda. Bu Davlat budjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln so‘mga kamaytirishi hisob-kitob qilinmoqda.
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda Osiyo Kubogida yettita medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etiladi. U reklama bozorini tartibga soladi va tovarlar xaridi ustidan nazorat o‘rnatadi.
Xitoy va Gongkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston xalqaro aeroportlari orqali 7 kungacha vizasiz rejim joriy etildi.
Toshkentning «Humo» jamoasi Oliy xokkey ligasi chempionatidagi debyut uchrashuvida Rossiyaning «Ryazan» klubini mag‘lubiyatga uchratdi.
Talabalar 400 ming so‘m miqdorida stipendiya oladi. Kelgusida jamoatchilikning fikri hisobga olingan holda uning hajmi o‘zgarishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Toshkentning Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov nomzodini bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qulladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda o‘rta biznes toifasini joriy etish, QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Samarqandda yuz bergan «Neksiya 3» va «Matiz» o‘rtasidagi YTHda «Matiz»dagi yo‘lovchi ayol old oynadan uchib chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonlik professional MMA jangchisi Muslimbek Omonov tunda yuz bergan mushtlashuvda pichoqlangani sababli vafot etdi.
Professional boksda ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 13 sentyabr kuni kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi jang qiladi.
Yaponiyaning «JTB Sorroration» kompaniyasi Buxoro, Xiva, Samarqand shaharlarida turizmni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shib, soha istiqbolini o‘rganish va zarur tavsiyalarni ishlab chiqishi rejalashtirilmoqda.
«O‘zbektelefilm» seriallari Bolgariyada o‘tkazilgan «Slavyan ertagi» Yevroosiyo kinotelefestivalida bir necha mukofotga sazovor bo‘ldi.
Forish tog‘ dala-o‘quv maydonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning armiyalari o‘rtasida shtatdagi qurollardan otish chempionatiga start berildi.
Alisher Navoiy va Paxtakor metro bekatlarining o‘tish qismida kitob jovonlari va stol-stullar qo‘yildi. Kitob jovonlari muntazam yangi kitoblar bilan to‘ldirib boriladi.
Hukumat qarori bilan ichki ishlar organlarining xizmat itlari naslchilik pitomnigi, kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limlari tashkil etildi.
Zangiota tumanida maxsus identifikatsion markalar bilan qadoqlanmagan televizorlar, kir yuvish mashinalari, muzlatgich va sovutgichlar bojxonachilar tomonidan to‘xtatildi.
Hukumat qarori bilan Ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog‘liq ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
«MIB xodimlari: bayram kunlari, hatto mehnat ta’tilida ham ishlamoqdamiz» mazmunidagi xabar yuzasidan MIBning Samarqand boshqarmasi bayonot berdi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari davlat mulki yoki prezident tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulki hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting