Toshkentda og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazi ochildi. U bir vaqtda 50 nafar ayolni qabul qilib, ularga yuridik, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati hokimini faxriy unvon, Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari hokimlari hamda moliya vazirini ordenlar bilan mukofotladi. Boshqa davlat xizmatchilari ham taqdirlandi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier xalqaro nashriyot uyi mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Sherzod Kudbiyev prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.
Qahramon Quronboyev Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi lavozimini tark etdi. Alisher Sa’dullayev ittifoq rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
TDYUUning sobiq rektori Yesemurat Kanyazov Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Hindistonning Minerva world of knowledge kompaniyasi poytaxtning Sergeli tumanida uy-joylar, yangi universitet va boshqa obyektlar qurilishiga 500 mln dollarlik sarmoya kiritadi.
Jinoyat-protsessual kodeksi sud qarori bilan davlatlararo yoki xalqaro qidiruvdagi ayblanuvchi yoki gumondor pasportining amal qilish muddatini to‘xtatishga imkon beruvchi norma bilan to‘ldirildi.
«Toshkent» avlovokzalidan yo‘lga chiquvchi shaharlararo avtobus yo‘nalishlariga chiptalarni sotib olish bo‘yicha sayt ishga tushirildi. Tez orada boshqa avtovokzallar ham qo‘shiladi.
Sentyabrda ob-havo salqin, ammo iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘ladi.
Buyuk Britaniyaning uchta yirik shahrida parlament faoliyati 14 oktyabrga qadar to‘xtatilgani uchun ommaviy namoyishlar boshlandi.
O‘zbekiston ayollari uchun nikoh yoshi 17 yoshdan 18 yoshga oshirilmoqda. O‘zgarishlar 1 sentyabrdan kuchga kiradi.
Eron elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda.
Ma’muriy tartibda mehnatga jalb qilganlik uchun jarima miqdori 10 barobarga oshirildi. Prezident Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodini ma’qullandi.
Rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskis ikki oylik tanaffusdan so‘ng «Navbahor» bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Deyan Jurjevichning o‘rnini egalladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, «Andijoncha spektakl» nomini qozongan voqeaning 6 nafar ishtirokchisi yangi uy bilan ta’minlandi.
Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan savdo majumasi binosining tom qismi kulab tushushi oqibatida 4 nafar ishchining vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Bir guruh jurnalistlar va blogerlar O‘zbekiston rahbariga daraxtlarning ommaviy kesilishi yuzasidan ochiq xat yozdilar. Matnni to‘liq holda chop etamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting