Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi o‘quv va maishiy binolar foydalanishga topshirildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida «Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibida Bo‘zatov tumanini tuzish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.
Komil Rashidov bosh vazir maslahatchisi — Xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi.
«Ipoteka-bank» va «Xalq banki»ga undirilishi taqiqlangan to‘lovlar mavjud bo‘lgani, «Davr-bank"ka xizmat ko‘rsatishda qonunga rioya qilmagani uchun jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Majburiy mehnat uchun ma’muriy jarima miqdori 10 barobarga oshiriladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bu haqdagi tuzatishlarni kiritish ma’qullandi.
«Katta yettilik» Liviyadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatladi va Gonkong hukumatini ko‘cha namoyishchilariga qarshi kuch ishlatishdan qochishga chaqirdi.
Xorazmda yashovchi shaxs spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda chaqirilgan yengiltak ayol bilan kelisholmagani oqibatida uni bo‘g‘ib o‘ldirdi.
Prezident qarori bilan yer uchastkasini tanlash materiallari yuzasidan belgilangan tashkilotlarning xulosasini olish talabi bekor qilinadi.
Yangi o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi. 3-sinflar uchun ijara to‘lovi miqdori o‘tgan o‘quv yilidagiga nisbatan 12600 so‘mga, 8- va 9-sinflar uchun esa 31,8−29,1 ming so‘mga o‘sgan.
«Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida"gi qonun loyihasida markaziy isitish tariflarini binoning umumiy maydonini hisobga olgan holda belgilash va faqat isitish mavsumi uchun to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.
Surxondaryo hokimi Sherobod tuman hokimining Surxon qo‘riqxonasida mehmonxona qurilishi uchun yer ajratishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.
Toshkentda 9-sentyabrdan 11-oktyabrgacha muddatda issiq suv kuzgi reja asosida o‘chiriladi.
«Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qaror ro‘yxatdan o‘tkazildi.
«Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport texnika klubiga qarashli kartadromda karting bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi final musobaqasi o‘tkazildi.
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qorako‘l tumanida uch dona ov quroli va kuchli yoritish asboblaridan foydalangan holda 2 bosh urg‘ochi jayronni ovlaganlar shaxslar qonun oldida javob beradigan bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» xalqaro festivalini yoritish uchun kelgan mahalliy va xorijiy blogerlar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilib, uni rekonstruksiya qilishga oid takliflar bilan tanishdi.
«Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
Kuzatuv videokamerasi sinov tariqasida Toshkentdagi 24-yo‘nalishdagi avtobuslarga o‘rnatildi. Yil oxiriga qadar barcha yo‘nalishdagi avtobuslarga videokuzatuv vositalarini o‘rnatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting