Andijonda shifokor hayotiga tajovuz qilib, ustiga benzin sepgan shaxsga nisbatan o‘ldirish bilan qo‘rqitish va boshqa moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Senatorlar xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Hujjatda jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarga toqatsiz muhitni yaratish ko‘zda tutilgan.
Quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalarini sotib olishda davlat qisman konpensatsiya to‘laydi. 2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish topshirildi.
Senatorlar xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq kafolatlari to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjatda erkaklar va ayollar ishga qabul qilishda, jamiyat va davlat ishlarini boshqarish hamda oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga ega ekanligi belgilandi.
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining kafolati xati inobatga olinib, 10 nafar ayol jazodan muddatidan oldin ozod qilindi.
Yil boshidan buyon «O‘zneftgazinspeksiya» qariyb 40 mlrd so‘mlik 40 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi.
Fransiya elchisi Violen Biyet de Vilmor O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda.
2020−2021 o‘quv yilidan boshlab 39 ta nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.
O‘zbekiston banklari 21 avgust kuni aholiga 15 ln dollardan ziyod valyuta sotdi, ularning qariyb 10 mln dollari naqd pul ko‘rinishida.
Andijon ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amalga oshirilgan tajovuz natijasida to‘rt shifokor jarohatlandi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva parlament yuqori palatasi ma’qullagan qonunlarga o‘zgartish kiritilishi noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi butun mamlakatdagi 1845 ta attraksionni tekshiruvdan o‘tkazdi. Qariyb 60 foizining texnik pasporti, yarmidan ko‘prog‘ida o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanmalar, 46 foizidan ziyodida esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati yo‘q.
Ehtiyojmand mehnat migrantlariga uy va mikroqarzlar ajratish belgilandi.
Prokuratura energetika tizimidagi quyi tashkilotlar ishchilariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Artel va Crafers monopolchilar emas, deya ma’lum qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Facebook foydalanuvchilaridan birining savoliga javob berar ekan.
Endilikda prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan magistratura talabalari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusda qurilayotgan Prezident maktabini ko‘zdan kechirdi.
Adliya vazirligi 2019 yilning 1 sentyabridan boshlab amalga tatbiq etiladigan o‘zgarishlarni eslatib o‘tdi.
Nukus shahrida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.
Moskva hukumati Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamentida Rossiya poytaxtida «Toshkent kunlari"ni o‘tkazish masalasini muhokama etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting