Samarqandda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti filiali tashkil etildi.
Xotamjon Ketmonov O‘zbekiston XDP raisi lavozimini tark etdi. Partiyaga sobiq xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov rahbar bo‘ldi.
Samarqand viloyatida erkak kishi nikoh o‘qilganidan 12 kundan so‘ng mast holatda turmush o‘rtog‘ini ayovsiz kaltakladi.
Shahrisabz shahrida Qushxona mahallasida yashovchi Z.E.ning uyi yerto‘lasidan 90 mln. so‘m pul va 500 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketgan 19 yoshli besh nafar yigit qo‘lga olindi.
O‘ktam Salomov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektori etib tayinlandi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi quroldan o‘q otilishi hodisasida O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi.
2 iyun kuni Toshkentda Jahon velosiped kuni munosabati bilan velopoyga bo‘lib o‘tadi. 10:00 dan 12:00 ga qadar ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
«Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi a’zosi, Germaniyaning Zenit Spedition GmbH & CoKG kompaniyasining logistika bo‘yicha mutaxassisi Mirjalol Fayziyev O‘zbekistonda logistika samaradorligi to‘g‘risida.
Samarqand shahridagi «Biznes sentr» aksiyadorlik jamiyatining binosi 14 qavatdan 7 qavatgacha kamaytiriladi va besh yulduzli mehmonxonaga aylantiriladi.
Pop tumanida 1.200 kassetada 237,8 million so‘mlik qalbaki «REGAPEN» nomli dori vositalarini olib ketayotgan shaxs ushlandi.
Hukumat qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.
Shavkat Mirziyoyev MDH Ichki ishlar vazirlari kengashining Toshkentda o‘tayotgan tadbirlarida ishtirok etayotgan MDHga a’zo davlatlar IIV va idoralari rahbarlarini qabul qildi.
2019 yilning 1 iyun sanasidan boshlab qonunchilikda 7 ta yo‘nalishda kiritilgan o‘zgarishlar kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining «Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida «Xalqaro matematika maktabi"ni tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori muhokama uchun e’lon qilindi.
MIBning Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi 750.000 so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlandi.
Jizzax viloyatidagi Tuzkon Aydar-Arnasoy ko‘llari yaqinidagi hudud O‘zbekiston atom elektr stansiyasini qurish uchun tanlandi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva majburiy yagona maktab formasini talab qilishga hali erta ekanini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Gruziya, AQSH va Janubiy Koreya elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Orolbo‘yi hududida Yaponiyaning OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikda mahalliy xomashyodan cho‘l o‘simliklarini yetishtirish uchun inkubator-bloklar tayyorlanadi.
Osiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi uchun Chimkent-Toshkent-Xo‘jand yangi iqtisodiy yo‘lagini ochishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting