Shavkat Mirziyoyev ilm-fan va oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
«O‘zavtosanoat» Volkswagen bilan O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha biznes reja ishlab chiqmoqda. Investitsiya hajmi 40 mln yevrogachani tashkil etishi mumkin.
O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishga kirishiladi. kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi. Prezident korrupsiyaga qarshi kurash dasturini tasdiqladi.
Hukumat qarori bilan Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
«O‘zbektelekom» kompaniyasining provayder va operatorlar uchun internet-kanallar tariflari 1 Mbit/s uchun 70128 so‘mgacha tushirildi.
Toshkentda 22 yil avval sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi.
Markaziy bank departamentlaridan biriga rahbarlik qilib kelayotgan Ilhomjon Abdugafarov MB raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer Volkswagen bilan tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish hamda Toshkentda Yadroviy tibbiyot va nurli terapiya markazini tashkil etish bo‘yicha bitimlarni imzoladi.
Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar narxlarni mustaqil belgilaydi, biroq ota-onalardan tikilmagan forma uchun bo‘nak olish huquqiga ega emas.
Og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov 2012-yilgi Olimpiadada doping iste’mol qilganlikda aybdor deb topildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etgan anjumanda hokimiyat ochiqligi va uning OAV bilan aloqalari muammolari muhokama qilindi.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. U prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi va Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston Chang‘i sporti federatsiyasi Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazildi, Behzod Yakubov rais etib saylandi.
Prezident maktablariga hujjatlar 1−22-iyun kunlari Namangan, Nukus, Xiva va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tadi. O‘qishlar yangi o‘quv yilidan boshlanadi.
Mirjalol Qosimov «Paxtakor» jamoasidan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng AGMK klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarini ishga tushirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Jahon banki O‘zbekistonda davlat korxonalari va davlat moliyaviy boshqaruv tizimini isloh qilishga 33 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.
O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi Xitoyning bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchilari bilan memorandum imzoladi.
Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari Xitoyda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash uslublarini o‘rganadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting