RoboKidz maktabi asoschisi Temur Azamatov Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori bo‘ldi. avvalgi rahbar uch oy o‘tib lavozimini tark etdi.
Ukraina elchisi Yuriy Savchenko O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda.
Odnoklassniki tarmog‘iga joylagan videosida hokimni ko‘p miqdorda pora olganlikda ayblab, tuhmat qilgan shaxs 1,3 yilga qamaldi.
Jizzax viloyat hokimligi maydonining markaziy qismi 14X7 metr o‘lchamdagi ustuni 40 metr bo‘lgan bayroq, yer osti favvoralari va o‘rindiqlar bilan bezatiladi.
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Gulistonda 25 avgustgacha foydalanishga topshirilishi kutilayotgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining tamal toshi qo‘yildi.
Toshkent dunyoning yashash uchun eng qulay 231 ta shahri o‘rtasida 203-o‘rinni egalladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.
Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 40 nomdagi o‘zbek hamda jahon adabiyoti namunalarining audiokitob shaklidagi variantlari yaratildi.
FAO O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqishda ko‘maklashadi.
Jamshid Kenjayevning o‘limida aybdor deb topilgan Sh.Qilichov 18 yilga, S.Kamoldinov, A.Hamrayev va J. Yorqulov 5 yil ozodlikdan mahrum etildi.
Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand temiryo‘l vokzali va Jartepa nazorat o‘tkazish punktida axborot markazlari tashkil qilinadi.
Rembrandtning asarini 50 ming AQSH dollariga sotib olgan va uni O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqib ketgan shaxslar ustidan sud hukmi o‘qildi.
Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
QHTBT portalida To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi joylashtirilgan.
Naslli va sport otlariga «Ot pasporti"ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Las-Vegasda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Kumushxon Fayzullayeva jahon rekordini o‘rnatdi.
Prezident Navoiy viloyati faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatni kompleks rivojlantirishga qaratilgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
O‘zbekiston aeroportlari Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilish va jo‘natish uchun yopildi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markaziga Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting