Mahkumlar hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonunlarga o‘zgartirish kiritildi.
G‘uzor tumanida qurilayotgan «Uzbekistan GTL» zavodida «YeVRO-5» standartlari asosidagi 1,5 million tonnadan ortiq yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi.
«Yangiqo‘rg‘on-Namangan» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro O‘.A. boshqaruvidagi «Neksiya-2» avtomashinasida sifati kafolatlanmagan shokoladlar borligi aniqlandi.
Qarshi tumanidagi Kerayet qishlog‘ida yashovchi Rajab Rahmatova 91 yoshga to‘lganida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani oldi.
Senator Mirabror Usmonov 72 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.
Qoraqalpog‘istondagi Tuproqqal’a yodgorligida 5 martda boshlangan konservatsiya ishlari to‘xtatildi.
«O‘zbekneftgaz» va Amerikaning Air Products kompaniyasi texnik gaz ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochadi.
Fenspirid saqlovchi «Erespal» va «Siresp» O‘zbekistonda qo‘llashga ruxsat berilgan dori vositalari ro‘yxatidan chiqarildi.
«Chuqursoy» mahsulotlarni sertifkatlashtirish idorasi tomonidan o‘tkazilgan sinov jarayonida qadoqlangan yashil no‘xot mahsuloti yaroqsiz deb topildi.
Hukumat qarori bilan Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov amerikalik Uilli Xarveyga qarshi ringga chiqadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori bilan O‘zbekiston Sochida imzolangan bayonnomaga qo‘shildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari fevral oyida 804 mln dollarga oshib, 27,4 mlrd dollarga yetdi.
Ikki tomonlama o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Qozog‘istonga O‘zbekistondan anor olib kirish uchun o‘rnatilgan vaqtincha taqiq olib tashlanadigan bo‘ldi.
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan ba’zi ko‘chalarning yo‘l qatnov qismida harakat qisman cheklanadi.
O‘zbekiston hukumati BAA Energetika va sanoat vazirligi hamda Mubadala Utilities kompaniyasining bir qator IESlarni xususiylashtirish bo‘yicha loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev.
«Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Prezident tomonidan imzolandi.
AQSH Adliya vazirligi Amerika OTMlariga kirishdagi poraxo‘rliklarni fosh qildi. Ota-onalar, jumladan bir qancha mashhur aktyorlar bolalarining o‘qishga kirishlari uchun vositachilarga 15−75 ming dollar to‘lagan.
Senator Mirabror Usmonov astma sababli komaga tushdi va shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting