Hukumat qarori bilan «Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish kiritildi.
«Chimkent-Toshkent» avtobusi haydovchisining 87 mln so‘mlik mahsulotlarni chegaradan yashirincha olib kirgani aniqlandi.
Toshkentdagi yo‘llar o‘rtasiga o‘rnatilgan metall to‘siqlarning qariyb barchasi demontaj qilindi. IIBB bu yo‘llardagi avariyalar sonining kamayishiga yordam berganini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo ot sporti federatsiyasining Bosh Assambleyasida tashkilot nizomiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha saylov o‘tkaziladi.
Moliya vazirligining «Fuqarolar uchun 2019 yil byudjeti» loyihasida o‘qituvchilarning ish haqi oshirilishi jadvali ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekistonda Yagona tibbiy axborot markazini tashkil etish va «Aqlli tibbiyot» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Sanjar Rahmonov Las-Vegasda navbatdagi jangida amerikalik Jonatan Stilni mag‘lub etdi.
Shavkat Mirziyoyev 136 mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Prezident mahkumlarga ovoz berish, masofadan ta’lim olish huquqlarini berishni ham taklif qildi.
«Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz», — dedi prezidenti. Bir yil davomida 1177 mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.
O‘zbek so‘miga nominallashtirilgan Samarkand Bonds obligatsiyalarining navbatdagi adadi London birjasiga joylashtirildi.
«Qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sentyabr va oktyabrda Toshkentdagi ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan o‘rtacha narxlar o‘zgarmagan edi, noyabrda esa narxlar 2 foizga oshdi.
O‘zbekiston fonogramma tayyorlovchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha konvensiyaga (1971 yil 29 oktyabr, Jeneva) qo‘shilmoqda.
Xorazm viloyatining Xiva va Gurlan tumanlarining Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasini boshqargan haydovchi yo‘l chetida mast holda yotgan O.A.ni urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan holda voqea joyidan ketib qolgan.
Toshkent markazida mehmonxonalar, savdo markazi, bank va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga olgan Tashkent Central Park ko‘p tarmoqli majmuasini qurish rejalashtirilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» Namangan viloyatidagi «Mingbuloq» neft konida portlash bo‘lgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Xivada MIB xodimiga pora berish bilan bog‘liq ikki holat yuzasidan ko‘rib chiqilgan ish yuzasidan aybdorlar jazoga tortildi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekiston mudofaa qudratini mustahkamlash borasidagi ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov BMTning bola huquqlari qo‘mitasi raisi Renata Vinterni qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting