Jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinadi
10 sentabr 2021, 23:23

Jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinadi

Mahallalarda jinoyatlarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning qonuniy asosi ishlab chiqildi. Jinoyatlarning xususiyatiga qarab muhokamalarda davlat organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishi shartligi belgilandi.

1 oktabrdan barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi — prezident
10 sentabr 2021, 21:59

1 oktabrdan barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2 mingdan ortiq maktabning birorta o‘quvchisi «Bir million dasturchi» loyihasida ishtirok etmaganini tanqid qildi. Shuningdek, 1 oktabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

10 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 sentabr 2021, 21:44

10 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning paralimpiyachilar bilan uchrashuvi, yangi chiqarilgan qarorlar, Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazishi — “Gazeta.uz"ning 10 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi
10 sentabr 2021, 21:07

Ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qidiruvdagi ikki ayol bilan muloqotda bo‘lib, ularning ko‘rsatmalari bo‘yicha «Hizb-ut Tahrir» ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 sentabr 2021, 21:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya va Belarus rahbarlarining Ittifoq davlati bo‘yicha kelishib olgani, Daniyaning barcha karantin cheklovlarini bekor qilgani, AQShda COVID-19'ga qarshi kengaytirilgan emlash rejasi qabul qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Dam olish kunlari kechqurun sovuq bo‘ladi
10 sentabr 2021, 16:55

Dam olish kunlari kechqurun sovuq bo‘ladi

Shanba va yakshanba kuni sovuq antitsiklon ta’siri hisobiga harorat kechalari +12…+15 darajagacha pasayadi, kunduz harorat +27…+30 darajagacha ko‘tariladi.

Roodell O‘zbekistonda Renault avtomobillari sotuvini boshlashga tayyorlanmoqda
10 sentabr 2021, 16:48

Roodell O‘zbekistonda Renault avtomobillari sotuvini boshlashga tayyorlanmoqda

Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazdi. Birinchi bosqichda uchta model — ikki krossover va bir yo‘ltanlamasning sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
10 sentabr 2021, 16:34

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,18 so‘mga pasayib, 10 655,91 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Prezident paralampiyachilarni tabriklab, o‘yinlardagi qiyinchiliklar haqida gapirdi
10 sentabr 2021, 16:22

Prezident paralampiyachilarni tabriklab, o‘yinlardagi qiyinchiliklar haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilar bilan uchrashdi va O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiada yakunlari bo‘yicha so‘z yuritdi. «Musobaqaning dastlabki kunlarida 25 nafar sportchimizga nisbatan qattiq karantin talablari qo‘llangani ham, jiddiy muammolar tug‘dirdi», — dedi u. Prezident, shuningdek, paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish choralarini e’lon qildi.

Maktablarda fan olimpiadalarini o‘tkazish qoidalari yangilandi
10 sentabr 2021, 16:18

Maktablarda fan olimpiadalarini o‘tkazish qoidalari yangilandi

Maktab va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadalarining uchinchi va to‘rtinchi bosqichlari g‘oliblariga pul mukofoti beriladi. 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar taqdim etiladi.

OTMlarda guruh murabbiyi lavozimi bekor qilindi
10 sentabr 2021, 14:46

OTMlarda guruh murabbiyi lavozimi bekor qilindi

Hukumat qarori bilan OTMlarda talabalar bilan ishlash bo‘yicha «guruh murabbiyi» instituti bekor qilindi. 1−3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablar Prezident sovrini bilan mukofotlanadi
10 sentabr 2021, 14:33 7

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablar Prezident sovrini bilan mukofotlanadi

Har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi o‘tkaziladi. Respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan maktabga 500 mln so‘m mukofot beriladi.

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbari Toshkentga keladi
10 sentabr 2021, 12:50

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbari Toshkentga keladi

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Geda Vali noyabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi mintaqaviy dasturining imzolanishi kutilmoqda.

Latviya yangi elchisi Reynis Troksh o‘z faoliyatini boshladi
10 sentabr 2021, 12:14

Latviya yangi elchisi Reynis Troksh o‘z faoliyatini boshladi

TIV rahbari Abdulaziz Kamilov yana bir bor tayinlangan Latviya elchisi Reynis Trokshni qabul qildi.

Muxolifat bo‘lishidan O‘zbekiston jamiyati manfaatdor — Sodiq Safoyev
10 sentabr 2021, 12:10

Muxolifat bo‘lishidan O‘zbekiston jamiyati manfaatdor — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bugun O‘zbekistonning jamiyati muxolifat bo‘lishidan manfaatdor. Senator muxolifat tabiiy tuzilishi kerakligini aytib, «hokimiyat berilmaydi, hokimiyat uchun kurashish kerak» degan aqidani esladi. U OAVlarini hozirgi kunda nihoyatda muhim muxolifat deb bilishini qayd etdi.

Talabalarga tadbirkorlar tomonidan turar joylar quriladi
10 sentabr 2021, 11:58

Talabalarga tadbirkorlar tomonidan turar joylar quriladi

Hukumat qarori bilan talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi. Buning uchun viloyat hokimlari tomonidan 0,5 gektargacha yer joylardan ajratiladi. Respublika bo‘ylab jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi.

Yanvar-avgust oylarida xorijdan O‘zbekistonga $4,9 mlrd pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan
10 sentabr 2021, 11:52

Yanvar-avgust oylarida xorijdan O‘zbekistonga $4,9 mlrd pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy davomida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 35 foizga ko‘proq.

9 sentabr kuni O‘zbekistonda 687 kishida koronavirus aniqlandi
10 sentabr 2021, 10:37

9 sentabr kuni O‘zbekistonda 687 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 687 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 159 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

BMT bosh kotibi xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» bilan muloqot qilishga chaqirmoqda
10 sentabr 2021, 10:22

BMT bosh kotibi xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» bilan muloqot qilishga chaqirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyatni toliblar bilan muloqot qilishga va ularni munozaraga jalb qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda «ko‘p azob chekayotgan odamlar bilan birdamlikni ko‘rsatish uchun kerak».

Statistika: vaksinatsiya boshlanganidan beri emlanganlarning qanchasi koronavirusga chalindi?
10 sentabr 2021, 01:38

Statistika: vaksinatsiya boshlanganidan beri emlanganlarning qanchasi koronavirusga chalindi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi emlanganlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni taqdim qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy vaksinatsiyalash boshlanganidan beri (1 apreldan) jami koronavirus bilan kasallanish holatlarining bor-yo‘g‘i 285 tasi yoki taxminan 0,3 foizi emlanganlar hissasiga to‘g‘ri keladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting