«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasining Toshkent-Mumbay reysi samolyoti yo‘lovchilardan birida yurak xuruji tutgani sababli Samarqandga favqulodda qo‘ndi.
Buxoro shahrida «Saylov qonunchiligini takomillashtirish va demokratik saylovlar: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi.
«E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 1253 ta bo‘sh yer uchastkalari 9 milliard 967 million 800 ming so‘mga sotildi.
Angrenda piyodani urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan holda voqea joyidan qochib ketgan haydovchi A.P. ushlandi. Hozirda tergov davom etmoqda.
Madaniyat vazirligi hamda Teatr arboblari uyushmasi hamkorligida Yosh rejissyorlarning «Debyut-2018» V respublika ko‘rik-festivali o‘tkazilmoqda.
Qoraqalpog‘istonga safar qilgan Shavkat Mirziyoyev Qo‘ng‘irot tumanidagi oilaviy poliklinikani ham ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekistonda eng noyob qushlardan biri — krechyotkalar jahon populyatsiyasining yarmi qayd etildi. Qushlar janubga kuzgi ko‘chish vaqtida Tollimarjon suv omborida to‘xtaydi.
Antibiotiklarga chidamlilik odamlar salomatligiga tahdid sifatida baholanmoqda. O‘zbekistonda antibiotiklar tayinlash va ularni dorixonalarda sotilishi ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Jizzax viloyatida o‘qituvchilardan mahalliy futbol klubi uchun 272,15 million so‘m mablag‘ yig‘ilgani aniqlandi va hozirda ushbu mablag‘larni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida maxsus QR-kod bilan himoyalangan kadastr pasporti berilishi ko‘zda tutilgan.
Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiya forumini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorida investorga yer uchastkalarini elektron auksion o‘tkazmasdan ajratish ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev Qanliko‘l tumanida bunyod etilgan «Kanteks invest» to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida Livan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.
Toshkentda umumiy qiymati 130,58 million dollari bo‘lgan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilmoqda.
Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurgan prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda 20 ta ko‘p qavatli uy qurish, yangi shaharcha barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Sharof Rajabboyev Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Oybek Norinbayev esa vazirning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
O‘rtachirchiq tumanida fuqaro M.Qo‘chqorovga tegishli 214 dona, umumiy qiymati 3,2 mln. so‘m bo‘lgan qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Umumxalq hasharini faqatgina prezident yoki Vazirlar Mahkamasi e’lon qilishi mumkin, unda ishtirok etish — ixtiyoriy. Mehnat vazirligi Andijon viloyati hokimining xayriya hashari to‘g‘risidagi qarorini izohladi.
15 kun ichida O‘zbekistonda internet tezligini 10 barobarga oshirishi borasidagi ma’lumotni «O‘zbektelekom» AK rasmiy ravishda izohladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting