Prezident Virtual qabulxonasining yangi talqinida fuqaroning shaxsiy kabineti, onlayn maslahatchi, davlat organlari rahbarlariga murojaat va shikoyat sababli ta’qib haqida xabar qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston joriy yilda to‘qqiz belgili telefon raqamlariga o‘tadi — raqamlarga hududning (operator) ikki belgili kodi bilan terish kerak bo‘ladi.
Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug‘ullanadigan MXX bo‘linmalari tugatiladi.
MXXning sobiq rahbari Rustam Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Prezident devonining Ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish xizmati bosh maslahatchisi bo‘lib ishlagan Adham Ismoilov Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘ldi.
30 yanvar kuni Toshkentdagi tibbiyot muassasalariga 20 nafardan ziyod boshpanasizlar olib borildi. IIBB isinish va tibbiy yordam olish uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan muassasalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Rustam Inoyatov Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimini tark etdi. Ushbu lavozimga Ixtiyor Abdullayev tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasiga bungacha DSQ raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Abdusalom Yuldashev rahbar bo‘ldi.
Ichimlik suvining yetishmovchiligi, qurilishi tugallanmagan tug‘ruqxona majmuasi, temir yo‘lning yo‘qligi — Qashqadaryo viloyati tumanlari aholisi Prezidentga o‘z muammolari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasi ochilishida ishtirok etib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Adliya vazirligi «Sirli mijoz» tadbirini o‘tkazish jarayonida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan 17 xodimni ishdan bo‘shatdi.
Anhorlar ustidan o‘tgan kommunal quvurlari baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida panjaralar bilan to‘silmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova Qarshida Islom Karimov haykalini ochdi.
Yil oxirigacha O‘zbekiston poytaxti aholisi qariyb 2,5 million kishini tashkil etadi.
«O‘zbekiston pochtasi» 1 fevraldan kurerlik jo‘natmalarining cheklangan vaznini 50 kg gacha oshiradi.
AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi bosh o‘rinbosari Elis Uells O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Poytaxtning Sergeli tumanida yashovchi fuqaro uyi yaqinida sport sumkasiga solingan yangi tug‘ilgan chaqaloqni topib oldi.
«Toshturma"ning barcha mahbuslari Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi yangi tergov hibsxonasiga ko‘chirildi.
Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti Qashqadaryoga ko‘chiriladi, deya ma’lum qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting