Jizzax viloyatida joriy yil to‘qqiz oyda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 trillion 272 million so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 foizga ortgan.
Kosonda yashovchi fuqaro qo‘liga pichoq olib Koson tumani IIBga tegishli «Damas» avtomashinasiga shikast yetkazdi. Shuningdek kichik serjant J.Yuldashev va safdor I.Qorayev jarohat olgan.
Jahon chempionatida oltinchi o‘rinni egallagan Adhamjon Ergashev yoshlar o‘rtasidagi rekordni yangiladi.
Yaqinda ochilgan Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Rostov-na-Donudagi O‘zbekiston bosh konsulxonalari hozircha konsullik harakatlarini amalga oshirmaydi, deya xabar qildi TIV.
Shoxrux Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi.
Italiya janubida kuzatilayotgan suv toshqinlari qurbonlari soni 12 nafarga yetdi.
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» yo‘lovchi poyezdlariga avtomatik tizimda chipta sotishni vaqtincha to‘xtatdi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi direktori Akmal Burhonov Pekinda Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yong Kim bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Ijtimoiy moslashuv markazlari may oyidan buyon oilaviy zo‘ravonlikdan aziyat chekkan 485 nafar ayolga yordam ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda «Turizm xizmatlari. Turizm sohasida navigatsiya tizimining axborot belgilari. Umumiy talablar» standarti ishlab chiqildi.
Odamlarning is gazidan zaharlanib halok bo‘lishi ortidan Toshkent hokimiyati gaz uskunalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish me’yorlariga rioya qilishga chaqirdi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari ham Toshkent va poytaxt viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin.
Toshkentning Shayxontohur tumani FHDYO bo‘limi qoshida «Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» ochildi.
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressida G‘ofur Rahimov tashkilot prezidenti etib saylandi.
Adliya vazirligi o‘rganishlar jarayonida ijtimoiy soha muassasalari xodimlari oyliklarini noqonuniy ravishda ushlab qolish bilan bog‘liq 345 mingdan ziyod holatni aniqladi.
Hukumat qarori bilan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni 404,7 mingtadan 433,8 mingtaga yetdi, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 196,6 mingtadan 238,1 mingtaga yetdi.
Xidir Karimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi.
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Guliston shahrida qurib bitkazilgan 360 ta xonadondan iborat 8 ta arzon ko‘p qavatli turar-joylarni foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanada qatnashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting