Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
«O‘zavtosanoat» AJ aniqlagan qonunbuzarliklar sabab GM Uzbekistan «Qashqadaryo Avtotexxizmat» MCHJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilganligini ma’lum qiladi.
Joriy yilning 22−23 noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi va unda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Ruslan Nuriddinov bronza medaliga ega chiqdi.
2019 yil 1 yanvardan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkentda boshlangan dzyudo bo‘yicha nufuzli Gran-pri musobaqasining ilk kunida Diyorbek O‘rozboyev va Sardor Nurillayev kumush, Shahram Ahadov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oshpazlar uyushmasi O‘zbekistondagi mehmonxonalar, hostellar va mehmon uylarida nonushtaning milliy ko‘rinishi joriy etilishi tashabbusi bilan chiqdi.
Toshkentda ikki hafta ichida «lirika» va tramadolni noqonuniy tayyorlash, saqlash va sotishda gumon qilingan 46 kishi qo‘lga olindi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Abdusalom Azizov AQSH mudofaa vaziriningJanubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisiningo‘rinbosari Kolin Jekson boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekistonda chiqarilgan kobeyjing kartalari bir vaqtda Uzcard va UnionPay tizimlarida ishlaydi.
Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini 24 noyabr kuni AQSHda Isak Zaratega qarshi o‘tkazadi.
Samarqandda prezident hujjatlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarmagan 5 nafar tuman hokimlari va o‘rinbosarlari, jami 58 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.
Surxondaryo viloyatida bosh vazir hamda prezident Administratsiyasi rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod qilindi.
AQSHning Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari sababli Paradays shahri yonib ketdi.
Navoiy viloyati Karmana tumanida maktab o‘quvchisi tomorqasida «Tibet barbarasi» nomi bilan mashhur o‘simlikni yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov professional boksdagi debyut jangida g‘alaba qozondi.
Davlat xizmatlari agentligi 10 oy davomida hokimliklar tomonidan 6370 qonun buzilishi holatlari sodir etilganini aniqladi.
Ustachilik, mardikorchilik, kirakashlik, uy xizmatlari va shunga o‘xshash faoliyat turlariga patent tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda — besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 57 foizi hayotining ilk 27 kunida sodir bo‘lmoqda, deya xabar qildi YUNISEF.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting