Bahodir Jalolov professional boksdagi uchinchi jangida amerikalik raqibini nokautga uchratdi.
Germaniya kompaniyasi Surxondaryo viloyatida Termiz city va yiliga 2,5 mln tonna sement ishlab chiqaruvchi zavod quradi.
Sport maktablarida o‘quvchilarni ovqatlantirish xizmatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.
Prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va mashina olish uchun foizsiz qarz beriladi.
GM Uzbekistan turbodvigatelli «Malibu» avtomobilining yangi avlodini namoyish qildi va test-drayvdan o‘tkazdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyatida giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq ikki holatga chek qo‘ydi.
Mehnat vazirligi aholidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tizzasigacha suvga tushib turgan 6 kishi yuzasidan ma’lumotlar haqida xabar berishni so‘radi.
Yevropa parlamenti delegatsiyasi Toshkentda turli vazirlik va idoralarda uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazadi.
Davlat veterinariya qo‘mitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent va poytaxt viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Iordaniyadagi suv toshqini sababli ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat qiroliga hamdardlik yo‘lladi. Halok bo‘lganlar soni 21 nafarga yetdi.
Yunusobod tumanida gaz idorasi xodimi xonadonini gaz tarmog‘iga ulab berishni va’da qilib, fuqarodan 1 mln so‘m va 300 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotganda ushlandi.
Xalq ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Termizda konditsioner, bepul Wi-Fi internet tarmog‘i va boshqa qulayliklarga ega 8 ta innovatsion jamoat transport bekati foydalanishga topshirildi.
Elektr hisoblagichlarni o‘rnatish va tekshirish, shuningdek mavjudlarini almashtirish endilikda elektr tarmoqlari korxonalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yunusobodda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan ob’ekt va yer maydonida yangi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi.
Yil so‘ngiga qadar O‘zbekiston jurnalistlarining odob-axloq kodeksi qabul qilinishi kutilmoqda.
Investorlar «Samarqandkimyo», «Elektrkimyozavod», «Jizzax plastmassa» va «Farg‘onaazot» korxonalaridagi davlat ulushini bozor narxlarida sotib olishlari mumkin.
Baxtiyor Umarov Davlat turizm qo‘mitasi rahbari lavozimidan ozod qilindi.
Yunusobodning 2-Otchopar mahallasidagi 45,5 gektar maydonda «Business city» quriladi.
Rustam Iskandarov «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining moliya, marketing va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting