Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.
Chirchiq shahrida zirhlangan avtomashinalar, sedan, avtobuslar, tibbiy yordam mashinalari, qolaversa, zirhli harbiy mashinalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Harbiy-sanoat kompaniyasi hukumat qo‘shinlari, xalqaro qutqaruv va xavfsizlik tashkilotlari hamda yuqori martabali mijozlar uchun zirhli texnika ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,84 so‘mga ko‘tarilib, 10 768,10 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sobiq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi. Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan faollar yig‘ilishida yangi hokim rasman e’lon qilinadi.
Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 3229 nafar xodim ishdan chetlatildi, 374 nafari esa jarimaga tortildi.
Lactel brendi o‘zining sut mahsulotlari bilan mashhur bo‘lib, ularni ishlab chiqarish uchun tabiiy sifatli xom ashyolardan foydalanadi.
Turkish Airlines`ning Toshkentdan Istanbulga chorshanba kuni parvozi ob-havo sharoiti tufayli 5 soatga kechiktirildi. So‘ng ekipaj smena tugashi sababli parvozni bekor qildi. Samolyot payshanba kuni soat 9:00 da parvozni amalga oshirishi kerak edi, biroq bir oilaning uchishdan bosh tortgani sababli reys yana 2 soatga kechiktirildi.
Andijon neft bazasida 24,3 mlrd so‘m, Jizzax neft bazasida esa 35 mlrd so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik, qolaversa, ishdan bo‘shatilgan shaxslarga oylik to‘lash, mukofot pullari va kompensatsiyalar noo‘rin hisoblangani aniqlangan edi. Jamiyatlar rahbarlari ishdan olinib, jinoyat ishi ochilgandi. Bosh prokuratura hujjatlar sudga yuborilganini ma’lum qildi.
Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.
23 noyabr kuni Toshkentda birinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Tadbirkorlar hamda ekspertlar biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhiti odamlarning, kompaniya va jamiyatning muvaffaqiyatiga ta’siri va boshqa mavzularni muhokama qiladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishdan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.
Prezident farmoniga asosan, Baxtiyor Saidov xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. U 2017 yildan beri O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Prezident farmoniga asosan, Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi. U 2017−2018 yillarda ushbu vazirlikni boshqargan. Shermatov oxirgi uch yil xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan.
Hukumat eski haydovchilik guvohnomalari va ro‘yxatga olish guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini 2022 yil oxirigacha uzaytirdi. Uning muddati haydovchilik guvohnomasi va ro‘yxatga olish guvohnomasi berilgan yilga bog‘liq. Agar ular 2010 yilgacha berilgan bo‘lsa, 31 martgacha almashtirilishi kerak.
9 noyabr kuni prokuratura mahalliy deputat Feruza Babashevani «Agrobank» boshqarma boshlig‘ining arizasi tufayli daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Bir necha kundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda oktabr oyi boshida tasvirga olingan va deputatning erkak kishi bilan to‘shakdagi holati aks etgan tasvirlar paydo bo‘ldi. Feruza Babasheva viloyat IIBB xodimlarini tahdid qilish va bosim uyushtirishda aybladi. Jamoatchilik deputatni himoya qilib chiqdi. XDP shaxsiy hayotga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini eslatdi.
Toshkentda yog‘gan birinchi qor, yangi amalga oshirilgan tayinlovlar, gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti bo‘yicha cheklov joriy etilishi — “Gazeta.uz"ning 17 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Ukrainada COVID-19 delta shtammining 11 varianti aniqlangani, Polsha 15 dekabrdan Belarus bilan chegarada to‘siq qurishni boshlashi, Qozog‘istonda uy portlashi oqibatida 10 kishining yaralangani va 3 kishining halok bo‘lgani, Avtriya va Vengriyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha antirekord qayd etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
17 noyabrdan boshlab O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarining xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatiladi. Buning natijasida birinchi navbatda aholiga gaz yetakazib beriladi. Masalan, Jizzax viloyatidagi 68 ta gaz quyish shoxobchasida soat 17:00 dan 23:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting