Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Hayitobod mahallasi hududida yuz bergan avtohalokat natijasida besh kishi vafot etdi.
O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi o‘tkazgan taqdimot marosimidan so‘ng 200 nafarga yaqin ispaniyalik sayyoh O‘zbekistonga kelish istagi bilan murojaat qildi.
Valiyev Mohirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga tayinlandi.
Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan ochiq muloqotda «TECHNOPARK NAPA» yuqori texnologik park loyihasi poytaxt rahbariga ma’qul keldi.
«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
O‘zbekistonda uzoq muddat davom etgan jazirama pasaya boshladi.
Toshkentda «Markaziy Osiyo — AQSH» («S5+1») hamkorligi shaklining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
28−30 iyul kunlari Toshkentda «Ajoyib matematika» ikkinchi o‘quv-amaliy festival o‘tkaziladi.
Yarim yilda 196,1 mlrd so‘mdan ziyod moddiy zararni qoplagan 2,2 ming kishiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.
Futbol bo‘yicha Misr terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘zbekiston MTJga boshchilik qiladi.
Qoraqamish 2/3-dahasida yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan ikki ayol kishi «Matiz» urib ketishi natijasida vafot etdi.
Joriy yilda IIV akademiyasiga o‘qishga qabul qilish uch bosqichdan iborat bo‘lib, boshlang‘ich va professional tanlov ham hamda suhbat o‘tkazildi.
Bojxonachilar 400 gramdan ziyod zargarlik buyumlarining Hindistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar va tadqiqotchilar bilan uchrashuvda har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi va uning xaridori bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Ko‘p polosali yo‘llarda nazorat qilinmaydigan piyodalar o‘tish yo‘laklari bo‘lmasligi kerak. Buni O‘zbekistondagilardan tashqari butun dunyoda biladi.
Bosh prokuratura va Xalq ta’limi vazirligi Samarqandda ma’muriyat tarbiyalanuvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ygan maxsus maktabdagi vaziyatni o‘rganadi.
Toshkentning Uchtepa tumanidagi maktablarda qabul jarayonini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonning Ummondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Anvar Abduhalimov Toshkentdan Maskatga jo‘nab ketdi.
Hindistonning Nyu-Deli shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Samarqanddagi maxsus maktab tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tarbiyachi va rahbariyat tizimli ravishda bolalarni kaltaklab, ruhiy bosim o‘tkazgani haqida ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting