22 iyul kuni tongda professional ringda faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov AQSHda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Maktabgacha ta’lim vazirligida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.
Uzcard, UnionPay va MasterCard plastik kartalari sohiblari tovarni xarid kunida qaytarganlarida pulni kartochkaga qaytarib olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ulug‘bek shaharchasidagi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi.
Hukumatning 2018 yil 17 iyuldagi qarori bilan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Yangiobod IIB boshlig‘i I.Sulaymonov fuqaro S.Qurbonboyevni urib burnini sindirgani sababli tuman tuman prokurori tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda UJSHU tashabbusi bilan ko‘p qavatli uylardan birining devoridagi bo‘yab yuborilgan mozaikali panno qayta tiklanadi.
Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimi Moskva qamoqxonasida saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarov bilan uchrashdi.
Toshkent hokimiyati har hafta ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazadi. Birinchi kunda 8,13 trln so‘mlik 67 ta yirik loyiha taqdim etildi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov rahbarligida Samarqand viloyati ichki ishlar organlari faoliyatiga doir tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qamoqdan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimi takomillashtiriladi.
Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi komissiyasi faoliyatini boshladi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatiga oid matbuot anjumani o‘tkazildi.
Samarqand viloyati hokimi v.b. Erkinjon Turdimov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida telegram messenjeri ishga tushganini e’lon qildi.
19 iyul kuni ertalab Mirobod tumanining Oybek va Nukus ko‘chalarida joylashgan ob’ektlarda yong‘in yuz berdi.
Toshkent viloyati prokurorining sobiq o‘rinbosari Shavkat Raxmatov Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.
«SURE STEP» xususiy korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan Shohrux Mamajonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Toshkent shahar Yo‘l xavfsizligi boshqarmasi qaysi hududlarda ko‘proq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganini aniqlab, yana 4 ta joyda radar o‘rnatdi.
2019 yil so‘ngiga qadar arzon uy-joylarni 20 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting