SkyPower Global O‘zbekistonda umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha ob’ektlar qurilishiga 1,3 mlrd dollar sarmoya kiritadi.
Turkiyaning Çalık Holding xoldingi Toshkentda ishbilarmonlik markazi, mehmonxona, Ziraat Bank idora binosi va savdo-ko‘ngilochar majmua quradi. Loyiha 400 mln dollarga baholanmoqda.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Buxorodagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.
Sobiq mudofaa vaziri Qobul Berdiyev FVV Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdog‘an Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
O‘zbekiston va Turkiya Xo‘rob va Aydim-Jetimtau oltin konlari hamda Saritou oltin maydonini birgalikda razvedka qiladi.
Afg‘oniston poytaxtidagi ikki portlash oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, ular orasida 9 nafar jurnalist ham bor.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, konslagerlarning voyaga yetmagan asirlari, Leningrad blokadasi paytida ishlagan fuqarolar bepul oziq-ovqat va kiyim-kechaklar ilan ta’minlanadi.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ichki ishlar organlari reabilitatsiya markazlarida huquqiy va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. U yerdan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar «Saxovat» uylariga yuboriladi.
«Ertangi kunni faqat tadbirkorlarga ishonaman. Shuning uchun qaror qildim: tadbirkor — Toshkent hokimi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda turk tadbirkorlari investitsiyalari va huquqlari himoya ostida ekanini ma’lum qildi. «O‘rtamizda ishonchsizlik va sovuqchilik bor edi, lekin biz birlashib, ushbu muzni eritib yubordik», — dedi u.
Buxoro viloyatida 49 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekiston va Turkiya ikki davlat rahbarlari raisligidagi Strategik sheriklik oliy kengashini tuzadi.
Toshkent hokimiyati Xalqlar do‘stligi maydoni rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan vaqtinchalik noqulayliklar haqida ogohlantirdi.
O‘zbekistonlik sportchi qizlar sinxron suzish bo‘yicha Tokioda o‘tkazilgan FINA Jahon seriyasi bosqichida sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Milliy aviakompaniya parki may oyida uchinchi «Orzu layneri» bilan to‘ldiriladi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi maktab yaqinida topilgan granata mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan o‘quv granatasi bo‘lib chiqdi.
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini iqtisodiyotdagi mavjud va kutilayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yillik 14 foiz miqdorida qoldirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting