1 avgustda kunning birinchi yarmida SMS va mobil internet xizmatlari ko‘rsatilmaydi.
Poytaxtdagi markaziy ko‘chalarda ajratib turuvchi to‘siqlarni olib tashlash ishlari davom ettirilmoqda.
Shuhrat Toshpo‘latov MXX raisi o‘rinbosari va MXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.
OTMlarga kirish imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent jamoat transporti 4:30 dan ish boshlaydi.
Toshkent va boshqa shaharlarda ko‘ringan tungi yorug‘lik manbai Boyqo‘ng‘irda uchirilgan raketaga tegishli bo‘lib chiqdi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasi birinchi yarim yillikda 1,227 million yo‘lovchini tashidi.
Bir qator tumanlarda ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi.
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Alisher Shayxov Londonga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston O‘shda (Qirg‘iziston) 630 o‘rinli o‘rta ta’lim maktabini quradi.
Dilmurod Qosimov Prezident huzuridagi tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli biznes-ombudsman etib tayinlandi.
Bobur Islomov Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Zangiota tumaniga «Agrobank» boshqaruv kengashining sobiq raisi Abduvahob Tamikayev rahbar bo‘ldi.
Laziz Tangriyev O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev 60 yoshi bilan tabriklagan vatandoshlar va jahon yetakchilariga minnatdorchilik bildirdi.
Akmalxon Ortiqov iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Chirchiq davlat pedagogika instituti qabul kvotasi 750 kishi miqdorida belgilandi (to‘lov-shartnoma asosida).
Olmaliqda Toshkent davlat texnika universiteti filiali ochiladi. U pulli sirtqi va kechki bo‘limlarga ega bo‘ladi.
OTMlardan uzoqda joylashgan va ko‘rsatkichlari past bo‘lgan litseylar yopiladi.
O‘zbekiston Prezidenti Gujarat shtatida ro‘y bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Hindiston Prezidentiga hamdardlik yo‘lladi.
Prezident Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting