O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 7 mlrd so‘mdan ortiq keshbek yig‘di
17 yanvar 2022, 18:14

O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 7 mlrd so‘mdan ortiq keshbek yig‘di

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev 17 kun ichida «Soliq» mobil ilovasida qariyb 38 ming iste’molchi xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu orqali o‘zbekistonliklar 7 mlrd 12 mln so‘mdan ko‘proq keshbekni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, qo‘mita rahbari xarid cheki bermayotgan tabirkorlik subyektlari jarimaga tortilishini eslatib o‘tdi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
17 yanvar 2022, 18:05

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,00 so‘mga pasayib, 10 824,97 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

«Malika» savdo majmuasi, Poytaxt biznes markazi va Bildirsoy oromgohi sotildi
17 yanvar 2022, 17:42

«Malika» savdo majmuasi, Poytaxt biznes markazi va Bildirsoy oromgohi sotildi

«Malika» savdo majmuasi — 125 mlrd so‘mga, Poytaxt biznes markazi — 164 mlrd so‘mga, «Bildirsoy oromgohi» kanat yo‘li bilan birga — 107 mlrd so‘mga, qolaversa, «No'kis vinozavodi» AJning 51% ulushi — 17,5 mlrd so‘mga sotildi. Xaridorlarga belgilangan miqdorda investitsiya kiritish hamda daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriyga rioya qilish talabi qo‘yilgan.

Samarqandda IT-tanlov g‘olibiga ishlatilgan noutbuk berilgani uchun tuman hokimi o‘rinbosari jazolandi
17 yanvar 2022, 17:20

Samarqandda IT-tanlov g‘olibiga ishlatilgan noutbuk berilgani uchun tuman hokimi o‘rinbosari jazolandi

Samarqandda «Bir million o‘zbek dasturchilari» tanlovining tuman bosqichi g‘olibi, 8-sinf o‘quvchisi Sardor Sattorovga ishlatilgan noutbuk berilgani ortidan Nurobod tumani hokimining o‘rinbosariga hayfsan berildi.

MIBning Andijon shahar bo‘limi xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi
17 yanvar 2022, 16:59

MIBning Andijon shahar bo‘limi xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limining ikki nafar xodimi fuqarodan sud qarori ijrosini ta’minlab berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

UzAuto Motors aksiyalari birjada sotuvga qo‘yiladi
17 yanvar 2022, 16:18

UzAuto Motors aksiyalari birjada sotuvga qo‘yiladi

Prezident qaroriga asosan UzAuto Motors va UzAuto Motors Powetrain jamiyatlarining 100 foiz aksiyasi fond birjasida sotuvga chiqariladi. Shuningdek, yana 6 ta aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonga 310 ming dozadan ko‘proq Pfizer vaksinasi keltirildi
17 yanvar 2022, 15:58

O‘zbekistonga 310 ming dozadan ko‘proq Pfizer vaksinasi keltirildi

COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yana 310 050 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi. Mazkur turdagi vaksinalarning umumiy miqdori 2,6 mln dozaga yetdi.

Turizm sohasida yosh tadbirkorlarga 50 mln so‘mdan grantlar ajratiladi
17 yanvar 2022, 15:41

Turizm sohasida yosh tadbirkorlarga 50 mln so‘mdan grantlar ajratiladi

Prezident farmoni bilan 1 maydan turizm sohasida yosh tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘m grant ajratiladi. Mablag‘lar O‘zbekistonga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan beriladi. Moliya vazirligi esa 11 oy davomida Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har oy qo‘shimcha 2,5 mlrd so‘mdan yo‘naltiradi.

Uzbekistan Airways samolyoti Minsk aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi
17 yanvar 2022, 15:04

Uzbekistan Airways samolyoti Minsk aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi

Kuchli qor va bo‘ron sharoitida Toshkentdan uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti Minsk aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

Hafta davomida yomg‘ir, ayrim joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda
17 yanvar 2022, 14:38

Hafta davomida yomg‘ir, ayrim joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda

Haftaning ilk uch kunida O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, chorshanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Payshanba kuni quruq ob-havo kuzatilishi mumkin, biroq, juma kuni yana qor yog‘adi. Kechalari havo harorati -3 daraja sovuq, kunduzi esa +10 darajaga iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi
17 yanvar 2022, 13:55

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi Dilbar Mahmudova 85 yoshida vafot etdi. Uning turmush o‘rtog‘i bilan hammualliflikdagi bir qancha pesalari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgandi.

Qashqadaryoda 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamaldi
17 yanvar 2022, 13:49

Qashqadaryoda 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamaldi

Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari fuqaroning o‘g‘liga nogironlik nafaqasini chiqarib berishni va’da qilib, buning evaziga 500 ming so‘m pora olgani aytilmoqda. Kitob tuman sudi shifokorni aybli deb topib, unga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

O‘zbekistonga charter reyslarni amalga oshiruvchilarga to‘lanadigan subsidiya miqdori kamaytirildi
17 yanvar 2022, 13:32

O‘zbekistonga charter reyslarni amalga oshiruvchilarga to‘lanadigan subsidiya miqdori kamaytirildi

Prezident farmoni bilan 2022 yilda boshqa mamlakatlardan charter reyslarni tashkil etuvchi turistik kompaniyalar va aviatashuvchilarga har bir xorijiy sayyoh uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori kamaytirildi.

XTV Samarqandda IT-tanlov g‘olibiga ishlatilgan noutbuk berilgan holatni o‘rganishni boshladi
17 yanvar 2022, 13:13

XTV Samarqandda IT-tanlov g‘olibiga ishlatilgan noutbuk berilgan holatni o‘rganishni boshladi

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi «Bir million dasturchi» tanlovida birinchi o‘rinni olgani uchun ishlatilgan noutbuk berilganini ma’lum qildi. Hokimlik esa o‘quvchi tuman bosqichida birinchi o‘rinni olgani uchun telefon bilan taqdirlaganini aytmoqda. XTV ishchi guruhi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda.

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
17 yanvar 2022, 12:24

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Eshquvvatov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Jomiy bozori yaqinidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi
17 yanvar 2022, 12:16

Jomiy bozori yaqinidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Olmazor tumanidagi Jomiy bozori hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. 5 daqiqa ichida 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, 30 daqiqada olovni o‘chirgan. Hodisa oqibatida binoning 350 kvadrat metr qismi zararlangan, jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi
17 yanvar 2022, 11:16

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi

Toshkentning Yashnobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir (2005 y.t.) Spark mashinasida tezlikni oshirishi tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir panjaraga urilgan. Buning oqibatida esa avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.

Antirekord yangilandi: 16-yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
17 yanvar 2022, 10:23

Antirekord yangilandi: 16-yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda pandemiya davridan beri ilk marotaba 1037 kishida koronavirus aniqlandi, shuni yarmidan ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, bemorlarning yana 3 nafari vafot etdi.

Andijondagi qimmatbaho 12 tup daraxt noqonuniy kesilgan — Ekoqo‘mita
17 yanvar 2022, 10:02

Andijondagi qimmatbaho 12 tup daraxt noqonuniy kesilgan — Ekoqo‘mita

Andijon shahar perinatal markazi hududida qimmatbaho daraxt navlari ro‘yxatiga kiritilgan 12 tup Eldor qarag‘aylari noqonuniy ravishda kesilgan. Davlat ekologiya qo‘mitasi buning natijasida o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan deb baholab, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishini ma’lum qildi.

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi
16 yanvar 2022, 21:44

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi

O‘zbekistonga kirayotganlardan ekspress test olish tartibi joriy qilinishi navbatlar va odamlarning noroziligini yuzaga keltirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bir kun ichida mamlakatga tashrif buyurgan 15 mingdan ortiq kishining 151 nafarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting