Toshkent viloyatida ikki xorijlik tashkil etgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi
28 iyun 2024, 10:50

Toshkent viloyatida ikki xorijlik tashkil etgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

DXX Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yashirin narkolaboratoriya tashkil etganini aniqladi. Uydan sintetik giyohvandlik vositalari, 7 kg yarimtayyor narkotik moddalar va 237 kg prekursorlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.

“Xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun sabab Gruziyani YeIga qabul qilish jarayoni de fakto to‘xtatildi
28 iyun 2024, 10:35

“Xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun sabab Gruziyani YeIga qabul qilish jarayoni de fakto to‘xtatildi

Gruziyaning YeIga kirish jarayoni mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun tufayli amalda to‘xtatildi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari Gruziya hukumatini mamlakatning ittifoqqa kirishiga tahdid solayotgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqirdi.

O‘zbekiston parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
28 iyun 2024, 10:09

O‘zbekiston parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda

O‘zbekistonda 1-iyuldan parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi. Yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan parranda go‘shti importi uchun bojxona to‘lovi bekor bo‘ladi.

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi
28 iyun 2024, 09:26

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

Jurnalist, Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga 1990−1993-yillarda hokimlik qilgan Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

BYD O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish niyatida
28 iyun 2024, 08:43

BYD O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish niyatida

Shavkat Mirziyoyev BYD prezidenti Van Chuanfu bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish rejalarini muhokama qildi. U innovatsion tadqiqot markazini yaratish, Blade batareyalari va BYD elektrobuslarini ishlab chiqarish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi
28 iyun 2024, 07:47

Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi

Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
27 iyun 2024, 23:29

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gulistondagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti"ning 3 nafar xodimi gazdan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qirg‘iziston parlamenti elektron sigaretalarni olib kirish va sotishga taqiqni ma’qulladi
27 iyun 2024, 22:42

Qirg‘iziston parlamenti elektron sigaretalarni olib kirish va sotishga taqiqni ma’qulladi

Qirg‘iziston parlamenti elektron sigaretalarni olib kirish, sotish va foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Qonunbuzarlik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

IIV elektron bazasida uzilishlar kuzatilmoqda
27 iyun 2024, 22:21

IIV elektron bazasida uzilishlar kuzatilmoqda

IIV tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati cheklandi. Jarima qarorlarining imtiyozli davri avtomatik tiklab beriladi, deb yozdi vazirlik.

Dollar o‘zbek so‘miga nisbatan arzonlashishda davom etmoqda
27 iyun 2024, 22:15

Dollar o‘zbek so‘miga nisbatan arzonlashishda davom etmoqda

Markaziy bank tomonidan belgilangan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket oltinchi savdo kuni pasayib, 12 555 so‘mga yetdi. Bu mart oyi o‘rtalaridan beri eng minimal ko‘rsatkich.

NATO Ukrainaga yordam missiyasini yaratadi — NYT
27 iyun 2024, 21:05

NATO Ukrainaga yordam missiyasini yaratadi — NYT

NATO hozircha Ukrainaga a’zolikni taklif qilmaydi, biroq mamlakatga harbiy yordam yetkazib berish, ukrainalik askarlarni tayyorlash va ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvlari realizatsiyasini muvofiqlashtiruvchi missiya tuzadi.

Prezident faoliyatida alohida yutuqqa erishgan bir qator yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi
27 iyun 2024, 20:38

Prezident faoliyatida alohida yutuqqa erishgan bir qator yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda alohida yutuqqa erishgan 28 nafar yigitni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi.

“Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi
27 iyun 2024, 17:59

“Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi

“Mening bog‘im” loyihasining 2024-yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi. Loyiha doirasida aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbuslar moliyalashtiriladi. Ovoz berish 6-iyul 10:00 gacha davom etadi.

Shavkat Mirziyoyev Zomindagi texnopark qurilishiga start berdi
27 iyun 2024, 17:32 1

Shavkat Mirziyoyev Zomindagi texnopark qurilishiga start berdi

Prezident Zomin tumanida Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi. Maxsus zonani infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi shartnomasining kuchga kirishi to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
27 iyun 2024, 17:21

O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi shartnomasining kuchga kirishi to‘g‘risida bayonnoma imzolandi

O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha birinchi shtab ish boshladi, unda qurilish maydoni va zarur infratuzilmani yaratish masalalari muhokama qilindi. “Rosatom” rahbari birinchi o‘rinbosarining tashrifi chog‘ida AES qurilishi shartnomasining kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

Farg‘onada Lacetti`ning gaz balloni portlab, 1 kishi halok bo‘ldi
27 iyun 2024, 17:01

Farg‘onada Lacetti`ning gaz balloni portlab, 1 kishi halok bo‘ldi

Rishton tumanidagi bozor oldida to‘xtab turgan Lacetti mashinasining gaz balloni portladi. FVB atrofdagi bir necha kishi jarohat olgani, IIB esa bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Bugun Balton Trading Asia yetakchilikni qo‘lga kiritdi, chunki u O‘zbekistondagi eng zamonaviy omborxonalardan birini qurdi” — Andrey Shmelkov
27 iyun 2024, 17:00

“Bugun Balton Trading Asia yetakchilikni qo‘lga kiritdi, chunki u O‘zbekistondagi eng zamonaviy omborxonalardan birini qurdi” — Andrey Shmelkov

CMWP konsalting kompaniyasining qurilish boshqaruvi departamenti loyiha direktori Andrey Shmelkov O‘zbekistondagi omborxona ko‘chmas mulki bozori, Balton Trading Asia tomonidan A toifali ombor qurilishi, uning o‘ziga xosligi va “yashil” standartlarga muvofiqligi haqida gapirib berdi.

Kuzda Qozog‘istonda AESlar qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
27 iyun 2024, 16:33

Kuzda Qozog‘istonda AESlar qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2024-yilning kuzida mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini ma’lum qildi. Aniq sana hukumat tomonidan belgilanadi.

Toshkent shahrining bir necha tumanlari va Toshkent tumanining bir qismi elektr energiyasiz qoldi
27 iyun 2024, 16:24

Toshkent shahrining bir necha tumanlari va Toshkent tumanining bir qismi elektr energiyasiz qoldi

Poytaxtdagi yuqori voltli liniyalarda yuklama ortishi oqibatida Toshkent shahrining uchta tumani va Toshkent tumanining ayrim iste’molchilari elektr ta’minotisiz qoldi.

Rossiya Ukrainadagi urushga Rossiya fuqaroligiga ega 10 mingga yaqin muhojirni yuborgan
27 iyun 2024, 16:14

Rossiya Ukrainadagi urushga Rossiya fuqaroligiga ega 10 mingga yaqin muhojirni yuborgan

Rossiya hukumati Rossiya fuqaroligini olgan 30 mingdan ortiq odamni “ovlab”, harbiy ro‘yxatga olgan va ularning 10 mingga yaqini allaqachon Ukrainadagi urushga jo‘natilgan, dedi Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting