Toshkent shahridagi Tamaraxonim uy-muzeyida taniqli raqqosaning sahna liboslarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlari olib borildi. Ishlar muzeyni kapital ta’mirlash va qayta tiklash dasturi doirasida amalga oshirildi. Foto.
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, 32−35 daraja issiq atrofidagi qulay harorat kuzatiladi. 16−18-iyun — Qurbon hayiti bayrami kunlarida esa harorat ko‘tarilib, 36−39 darajagacha, ayrim joylarda +41 darajagacha bo‘ladi. Kechki vaqtlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov kelgusi o‘quv yilida bakalavriatga umumiy qabul kvotalari 200 mingdan ortiq bo‘lishini ma’lum qildi. Bu esa oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 43 foizdan oshishini ta’minlaydi, dedi u.
16−17−18-iyun kunlari Parkent tumanining So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga va Bo‘stonliq tumanining Chimyon qishlog‘iga olib boruvchi yo‘llarda avtomobil harakati bir tomonlama tashkil etiladi.
2019-yildan beri Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlab kelgan Sunario Kartadinata 74 yoshida Toshkentda vafot etdi. U bir vaqtning o‘zida Qirg‘izistondagi elchi ham edi.
M Cosmetic kompaniyasi 31-may kuni 100-do‘konining ochilishi haqida xabar berdi. Bugungi kunda do‘konlar Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va boshqa hududlarda joylashgan.
Yevro-2024 boshlanishiga oz qoldi. Turnirda qaysi jamoa favorit ekanini ko‘pchilik muhokama qilmoqda. “Taktika” jamoasi Opta tahlillariga asoslanib, Yevropa chempionatining guruh bosqichi natijalari bo‘yicha taxminlarni ko‘rib chiqdi.
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan iPhone 15 Pro Max telefonini olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda. Mansabdor so‘ralgan telefonni olib kelmasa, fuqaroning shaxsiy sirini fosh qilib, uni javobgar qilmoqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi. U 1993-yildan buyon Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
AQSh va Ukraina prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy G7 sammiti doirasida ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzoladi. U 10 yilga mo‘ljallangan va Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishida “ko‘prik” sifatida ko‘rilmoqda.
Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Toshkent — Urganch — Xiva” yangi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanuvchi Hyundai Rotem elektropoyezdlarini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuv imzolanadi. Jami oltita poyezd sotib olish rejalashtirilmoqda.
“Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo to‘lov tizimi) ustav kapitalidagi davlat ulushining 100 foizini ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishni tashkil etish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini tanlash yuzasidan tanlov e’lon qilindi.
Uzum direktorlar kengashi Click bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi. Kompaniya o‘z ekotizimiga asoslangan fintex xizmatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqchi.
Yevropa komissiyasi iyul oyidan boshlab Xitoy elektromobillari uchun import bojlarini joriy 10 foizdan taxminan 30 foizga oshirish niyatida. Xitoy TIV buni “proteksionizmning odatiy holati” deb atadi.
Toshkentda maishiy texnika bozoridagi yangi premium klass brend — 7TECH taqdim etildi. Brend vakillari auditoriyaga yangi mahsulotlarining dizayni va foydalanuvchi funksionalini namoyish etdi.
Markaziy bank xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me’yorini 4 foiz bandga pasaytirdi va 14 foiz darajasida belgiladi. Qaror banklarning likvidlik holatidan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirishga sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.
O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasining 7SABER brendi ostida ishtirok etgan olti nafar sportchidan iborat jamoasi Silk Avia`ning 13,5 tonna og‘irlikdagi samolyotini 100 metrga 46,7 soniyada tortib borib, Ginnes rekordini o‘rnatdi. Foto, video.
Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sanjar Tadjiyev hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi — Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting