Namangan viloyatida tadbirkor quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,22 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Shu kabi holat Sirdaryo viloyatida ham kuzatildi. Hujjatlar tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Senatning 59-yalpi majlisi chorshanba kuni chaqiriladi. Unda telekommunikatsiya, ipakchilik, Qurolli kuchlar, soliq, bojxona sohalariga doir kodeks va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilinadi.
Kuba aholisi yirik elektr stansiyasida ro‘y bergan avariyadan so‘ng to‘rtinchi kundirki elektr ta’minotisiz qolmoqda. Hozircha IES faoliyatini tiklashning imkoni bo‘lmadi. Gavanada odamlar norozilik sifatida ko‘chalarga chiqa boshladi.
Humans mobil aloqasi xizmatlariga to‘lov qilish yanada osonlashdi — endi buni Alif orqali bir nechta tugmani bosgan holda amalga oshirish mumkin.
Yaqinda yuz bergan yomg‘irlar Toshkent drenaj tizimining haqiqiy ahvolini ko‘rsatdi, dedi prezident. U suvni suv havzalarida to‘plash va undan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish tizimini yaratishni taklif qildi. Rasmiylar kamida 2015-yildan beri drenaj tizimini ta’mirlash haqida gapirmoqda.
O‘zbekistonga gaz importi yanvar-sentabr oralig‘ida 1,28 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil to‘qqiz oyidagi ko‘rsatkichdan 3,6 barobar ko‘p, deya xabar berdi Statagentlik. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti 479,5 mln dollargacha (+16,5 foiz), sentabr uchun esa (bir yil avvalgidan) 2,2 baravar oshdi.
Tamer Fathi Abdussalam Hammad Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish va Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlashni rejalashtirmoqda, loyihalarga qariyb 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritish kutilyapti. “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri”, — dedi prezident.
Click keng ko‘lamli Click Marafon aksiyasini boshladi, unda KIA K5 avtomobillari, shuningdek, iPhone 16 Pro, PS5, Dyson va boshqa ko‘plab qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish mumkin.
O‘zbekistonda yashillik darajasi 12 foizga yetdi. 2024-yil bahor mavsumida 138 mln dona ko‘chat ekildi. Prezident unda 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmaganini tanqid qildi. “Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab daraxt ko‘karmagan”, dedi u. Bosh prokuraturaga nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytdi. Ayni vaqtda, u jurnalistlardan bolasini davolashda yordam ololmayotgan ota-onalarning e’tirozlariga doir ma’lumotlarni shaxsan taqdim etishni so‘radi.
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida haydovchi Cobalt`da qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, oldinda kelayotgan Damas bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida Damas`da ketayotgan er-xotin vafot etdi. Cobalt haydovchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ekologiya, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklarining 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonda qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda.
Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘im va to‘lovlar jami taxminan 99 dollarga (6,5 ming afg‘oni miqdorida) kamaytirildi. Bunda yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi (3 ming afg‘oni) va Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun yig‘im (7 ming afg‘oni) etib belgilandi.
Sentabrda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi pasayishda davom etdi va 3,55 mlrd kub metrgacha kamaydi (2023-yil sentabriga nisbatan -5,8 foiz). Benzin ishlab chiqarish hajmi 99,2 ming tonnagacha (-11,1 foiz), dizelniki esa 72 ming tonnagacha (-5,5 foiz) pasaydi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayram bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. “Yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur”, — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari nutqi davomida kelajakda barcha sohalar ekologiya bilan hamohanglikda rivojlanishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 21−25-oktabr kunlari yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Seshanba kuni ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15 darajagacha pasayadi. Hafta o‘rtasida harorat kechasi +5 darajagacha tushadi. Respublikada eng jadal yomg‘irlar 25-oktabr kuni kutilmoqda, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Moldova prezidentlik saylovlarida nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz ololmadi. Endi amaldagi prezident Mayya Sandu va mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo saylovlarning ikkinchi turida o‘zaro kurashadi. Yevrointegratsiya bo‘yicha referendumda ovozlar deyarli teng taqsimlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting