Saudiya Arabistoni Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistonga 25 tonna xurmo yubordi. Xurmo ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda “Muruvvat” uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.
29-may kuni Soueast Motor`ning O‘zbekistondagi shuba korxonasi ochildi. Kompaniya Markaziy Osiyo bozoriga sakkizta ICE va NEV avtomobil hamda sedanlarini olib kirmoqchi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birga Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi (foto).
Toshkentning Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida quruq o‘t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib ketgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Stavkani o‘zgartirmaslik bo‘yicha qaror energiya tariflari o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’sirini jilovlash maqsadi bilan izohlangan.
O‘zbekistonda bir oyda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan kamida 12 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Ular, asosan, O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan Binance onlayn birjasi orqali kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
Qurbon hayiti munosabati bilan 15, 16, 17-iyun kunlari Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 14−20-iyun kunlari Toshkentdan Xiva, Termiz, Shovot va Qo‘ng‘irotga boradigan poyezdlar vagonlari soni oshiriladi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi.
Olmaota shahrida o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega bo‘ldi.
Jahon banki O‘zbekistonga energotariflar islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamiga ta’sirini yumshatish maqsadida 7,5 mln dollar miqdoridagi 1-transh mablag‘ini ajratdi. Grant xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun berilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida fuqarolarni Haj ziyoratiga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Toshkentda aka-uka 2 nafar fuqaroni 12 ming dollar evaziga Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.
Chilonzor tumanida Malibu 2, Lacetti va Lada to‘qnashdi. Oqibatda bir haydovchi voqea joyida vafot etdi.
O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin.
MAGATE O‘zbekistonni atom energetikasi, xususan, kam quvvatli reaktorlarni joriy etish rejalarida qo‘llab-quvvatlashga tayyor, dedi agentlik rahbari Rafael Grossi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuvda.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi.
BMT mustaqil komissiyasi HAMAS ham, Isroil ham 2023-yil oktabr oyidan beri urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan, degan xulosaga keldi.
Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi.
29 va 30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi. Bu velopoyga, treyl yugurish, skayranning, yoga va meditatsiyani o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda birinchi marta treyl yugurish trassasiga yuguruvchilarga shaxsiy hisob uchun ochkolar olish imkonini beruvchi guvohnoma berildi.
O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlatlararo va milliy adovatni qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi chiqish va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.
“O‘zmilliybank” AJ yuridik mijozlari endi bank mobil ilovasi orqali masofaviy hisobraqam ochish imkoniyatiga ega.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting