O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda
12 iyun 2024, 19:03

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlatlararo va milliy adovatni qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi chiqish va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.

“O‘zmilliybank” yuridik shaxslar uchun masofaviy hisob raqam xizmatini taklif etadi
12 iyun 2024, 19:00

“O‘zmilliybank” yuridik shaxslar uchun masofaviy hisob raqam xizmatini taklif etadi

“O‘zmilliybank” AJ yuridik mijozlari endi bank mobil ilovasi orqali masofaviy hisobraqam ochish imkoniyatiga ega.

Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobus va metro 3:00 dan ish boshlaydi
12 iyun 2024, 18:30

Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobus va metro 3:00 dan ish boshlaydi

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi. Ular soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

AQSh Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni kengaytiradi — FT
12 iyun 2024, 18:05

AQSh Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni kengaytiradi — FT

AQSh joriy haftada Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni sezilarli darajada kengaytiradi. Bunda Rossiya mudofaa kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan RF tashkilotlari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi har qanday xorijiy bank ishi ko‘rib chiqiladi.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi — AQSh savdo vakili Ketrin Tay
12 iyun 2024, 17:48

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi — AQSh savdo vakili Ketrin Tay

AQSh savdo vakili Ketrin Tay Toshkentda qator vazirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Elchi AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va GSP tizimi doirasida savdo imtiyozlarini berishni qayta tiklash niyatini tasdiqladi.

Hayit kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati soat 7:00 gacha cheklanadi — manzillar
12 iyun 2024, 17:35

Hayit kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati soat 7:00 gacha cheklanadi — manzillar

16-iyunda Toshkent shahridagi 121 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha ayrim ko‘cha va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi (ro‘yxat).

Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati 10 soatga cheklanadi
12 iyun 2024, 16:52

Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati 10 soatga cheklanadi

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish, shahar ichida harakatlanish) to‘liq to‘xtatiladi.

Farg‘ona vodiysida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin
12 iyun 2024, 16:15

Farg‘ona vodiysida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi
12 iyun 2024, 15:31

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozining hududlardagi o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. Shu kuni Toshkent metropoliteni 03:00 da ish boshlaydi va ma’lum muddat bepul bo‘ladi.

1-iyuldan ayrim poyezdlar chiptalari narxi 25 foizga oshadi
12 iyun 2024, 15:19

1-iyuldan ayrim poyezdlar chiptalari narxi 25 foizga oshadi

1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshadi. Bundan avval narxlar 20-yanvardan 20 foizga ko‘tarilgandi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekistonda sohani rivojlantirishga hissasini qo‘shmoqda
12 iyun 2024, 15:00

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekistonda sohani rivojlantirishga hissasini qo‘shmoqda

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida aholi va tadbirkorlar yangicha yondashuv asosida tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilmoqda.

Qarshi va Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
12 iyun 2024, 14:19

Qarshi va Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Qanot Sharq aviakompaniyasi Qarshi va Namangandan Istanbulga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Namangandan parvozlar haftaning seshanba kunlari, Qarshidan esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Yaponiya Buxorodagi tibbiyot tashkilotlariga 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi
12 iyun 2024, 13:12

Yaponiya Buxorodagi tibbiyot tashkilotlariga 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi

Yaponiya hukumati Buxoroning Romitan va Peshku tuman tibbiyot birlashmalariga umumiy qiymati taxminan 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi. Shifoxonalarga rentgen diagnostika uskunasi va operatsiya uchun mo‘ljallangan uskunalar yetkazib berildi.

May oyida O‘zbekiston uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi
12 iyun 2024, 13:02

May oyida O‘zbekiston uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi

May oyida O‘zbekistonda 21,6 mingta uy-joy sotildi, bu aprel oyiga nisbatan 9 foizga ko‘proq hisoblanadi. Ikki oylik o‘sishga qaramay, faollik darajasi hali ham bir yil oldingi darajadan past bo‘lib qolmoqda.

Abituriyent va talabalarni yangi o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Vazirlik vakili bilan suhbat
12 iyun 2024, 11:59

Abituriyent va talabalarni yangi o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Vazirlik vakili bilan suhbat

OTMlar uchun davlat buyurtmasi nima degani? Unda xususiy OTMlar ham qatnashadimi? “Avval test, so‘ng tanlov” tizimi qanday ishlaydi? Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti kimlarga beriladi? “Gazeta.uz” tizimdagi o‘zgarishlar bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili bilan suhbatlashdi.

Toshkentda 3 yoshli bola “Zil” urib ketishi oqibatida vafot etdi
12 iyun 2024, 11:29

Toshkentda 3 yoshli bola “Zil” urib ketishi oqibatida vafot etdi

Uchtepa tumanida “Zil” yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib ketdi. Voqea oqibatida bola vafot etdi.

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi
12 iyun 2024, 11:23

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi

May oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi aprelga nisbatan biroz tezlashib, 14 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi (17,4 foiz). Oy davomida aholi eng ko‘p dorilar, benzin va yonilg‘i, shuningdek, qurilish mollari narxi ko‘tarilganini sezdi.

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
12 iyun 2024, 11:18

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 15−18-iyun kunlari qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar Toshkent va 6 ta viloyat o‘rtasida amalga oshiriladi.

Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni pasaytirmoqda
12 iyun 2024, 11:00

Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni pasaytirmoqda

Uzum Market milliy marketpleysi sotuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15 ta mahsulot guruhi uchun komissiya stavkalarini pasaytirdi.

Toshkentda tergovchi va 2 nafar surishtiruvchi 7 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda
12 iyun 2024, 10:25

Toshkentda tergovchi va 2 nafar surishtiruvchi 7 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi o‘zaro til biriktirib, fuqarodan 7 ming dollar pora olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, DXX prokuror, advokat hamda boshqalarni pora olganlikda gumonlab qo‘lga olinganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting