Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat to‘liq modernizatsiya qilinadi. Hududda aholi gavjum bo‘lgani sababli aqlli svetofor ham o‘rnatiladi.
AQShda yashagan turkiyalik sobiq imom, “Xizmat” jamoatchilik harakati asoschisi Fathulloh Gulen 83 yoshida vafot etdi. Turkiya hukumati uni 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblab kelar edi, uning o‘zi esa ayblovlarni rad etib kelgan.
RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov O‘zbekistondan keladiganlar uchun viza rejimi joriy etish kerakligini aytdi. Deputatning bunday fikrga kelishiga bosh konsulxonaning o‘zbekistonliklarni Rossiya armiyasi safiga qo‘shilmaslikka targ‘ib qilgani sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi. Texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari ochiq tanlov asosida tanlanadi.
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy Toshkentga tashrifi munosabati bilan, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi qarashlarini o‘rtoqlashdi. U Chexiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalar, xususan, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Rossiyada yarim yoshli chaqaloqning o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vaqtincha hibsga olindi. U chaqaloqni cho‘miltirish vaqtida qo‘lida tushirib yuborgani taxmin qilinmoqda.
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar murojaati bo‘yicha respublikadagi 700 taga yaqin restoran, kafe, oshxona va bufetlarni o‘rgandi. Ularning ko‘pida taomlar haqida to‘g‘ri ma’lumot berilmagani aniqlandi. 500 dan ortiq joylarda taomnoma o‘zbek tilida yuritilmagan. Yana ko‘pchiligida ish rejimi, narxnomalar yo‘q.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligiga 5 yil muddatga 50 million AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit ajratilishini ta’minlaydi.
Toshloq tumanida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Ular sog‘lom.
Prezident hokim va mahalliy kengash raisi lavozimlarini taqsimlovchi qonunni imzoladi. Kengashning vakolatlari kengaytirilib, unga so‘rovlar yuborish va tekshiruvlar olib borish huquqi berilmoqda. Hokim kengash qarorini bekor qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
Nishon tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Gentra o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi vafot etdi.
Uzbekistan Airways 15-noyabrdan Toshkentdan Pokistonning Lahor shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
O‘zbekiston bo‘ylab oziq-ovqat do‘konlarida xaridorlarni Asl Baraka’ning yangi mahsuloti kutmoqda. Kolbasa kompaniya nomi bilan ataladi va o‘zida uning sifatlarini mujassamlashtiradi.
AOKA direktori Asadjon Xodjayevga ko‘ra, hozirda Axborot kodeksi loyihasining to‘rtinchi varianti ustida ish olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil fevralida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, so‘ng parlamentga kiritiladi. “Biz Axborot kodeksini hamma bilan kelishgan holda qabul qilishimiz kerak”, — dedi u.
Malayziya eksport-import banki rahbari va O‘zbekiston elchisi bankning O‘zbekiston Islom banking va sug‘urta (takaful) bozoriga kirishi, shuningdek, mamlakat banklariga moliyaviy resurslar ajratilishini muhokama qildi.
Prezident farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi.
Samarqand davlat chet tillar institutining yotoqxonasi qurilishi nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilmay, o‘zboshimchalik bilan olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, jarayon sifatsiz bajarilgani tufayli qurilish to‘xtatildi. Avvalroq Agrar universitet yotoqxonasi qurilishi ham kamchiliklar sabab to‘xtatilgandi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligini, to‘liq elektron to‘lov tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi. Bunda bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ko‘za sho‘rva, borshch, frikadelkali turkcha sho‘rva, loviyali pomidor sho‘rva va boshqa issiq sho‘rvalar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatini NATOga taklif qilishni Rossiya bilan urushni tugatishning yagona yo‘li deb atadi. Uning fikricha, bu Kiyevning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi va ukrainaliklarning ruhiyatini oshiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting